To‘ldirishga doir tavsiyalar. «Korxonaning nomi» to‘liq
ko‘rsatiladi. Qisqartirilgan nom ta’sis hujjatlarida qayd etilgan
hollarda korxonaning qisqartirilgan nomi ko‘rsatiladi.
«Jinsi» (er/ayol) «E» va «A» harflari bilan bеlgilanadi.
«Tabеl soni» ishga yangi qabul qilingan yoki ishlayotgan har
bir xodimga kadrlar xizmati tomonidan bеriladi va u tashki-
lot doirasida har qanday tarzda boshqa lavozimga o‘tganida
o‘zgartirilmaydi.
«Alfavit» ustunida xodim familiyasining birinchi harfi ko‘rsatiladi.
Hаr qanday korxona, tashkilot, muassasada faoliyat yurituv chi
xodimlar kadrlar bo‘limi tomonidan hisobga olib boriladi. Xodim-
larni ro‘yxatga olish uchun T-2 formadagi shaxsiy varaqa blankasi
to‘ldiriladi. T-2 blanka xodim to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tez-
kor ravishda topish uchun yuritiladi. Unda xodimning fami liyasi,
ismi, otasining ismi, tug‘ilgan joyi va yili, biron-bir siyosiy tashkil-
otga a’zoligi, qaysi yildan, qanday ma’lumotga egaligi, ish faoliya-
ti, oilaviy ahvoli, harbiy xizmatga majburligi, pasport to‘g‘risidagi
ma’lumot, ish to‘g‘risida ma’lumot, mehnat faoliyati davridagi
ta’tillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
T-2 shaxsiy varaqasi xodimning pasporti, guvohnomalari,
mehnat daftarchasi, harbiy guvohnoma, mutaxassisligi bo‘yicha
diplom yoki boshqa hujjatlar asosida buyruqlar bo‘yicha ish beruv-
chi tomonidan to‘ldiriladi.