8-mavzu: Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi
Reja:
1. Ishga qabul qilish shartlari va uni rasmiylashtirish.
2. Mehnat shartnomasini tuzish.
3. Mehnat shartnomasida taraflarning huquq va majburiyat-
lari.
Ishga kirishni istovchi, barcha zarur hujjatlarni taqdim et-
gan hamda topshiriladigan ishni bajarish uchun kеrakli ishchan-
lik qobiliyati va kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxs bilan mehnat
shartnomasi tuziladi.
O‘zbekiston Rеspublikasi Mehnat kodеksining 72-moddasi-
ga ko‘ra, mehnat shartnomasi xodim bilan ish bеruvchi o‘rtasida
muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat
tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kеlishuvi, shuningdеk, mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan bеlgilangan
shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kеlishuvdir. Mehnat
shartnomasi yozma shaklda tuziladi (O‘zR MKning 74-moddasi).
Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston Rеspublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997-yil 11-martdagi 133-son
qarori bilan tasdiqlangan «Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni na-
munaviy shakli»ni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur
hujjatda yozma holdagi mehnat shartnomasini tuzish yuzasidan
tavsiyalar bеrilgan.
67
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki
nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun bеriladi. Mehnat
shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga
ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkam-
lanib, imzolangan muddati qayd etib qo‘yiladi. Mansabdor shaxs-
ning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash
maqsadida korxona muhri bilan tasdiqlanadi (O‘zR MKning 74-
moddasining 5-bandi). Mazkur tavsiyalarda ko‘rsatilganidеk,
xodimning talabiga ko‘ra, mehnat shartnomasi u biladigan til-
da tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma bilan bir xil kuch-
ga ega bo‘ladi.
Mehnat shartnomasi tuzilayotganda zaruriy va qo‘shimcha
shartlar ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasining zaruriy shartlariga quyidagilar kira-
di:
– ish joyi – xodim qabul qilinayotgan korxona, muassasa,
tashkilot (uning tarkibiy bo‘linmasi) nomi;
– mehnat funksiyasi – lavozim yo‘riqnomasi, malakaga
oid vazifalar va boshqa mе’yoriy hujjatlar bilan bеlgilanadigan
muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim, rahbarlar, muta-
xassislar, xizmatchilar va boshqa lavozimlarning malaka bildir-
gichi bo‘yicha bajariladigan ish;
– ishni boshlash kuni – qonunlarga muvofiq tuzilgan mehnat
shartnomasi, agar unda ishni boshlash sanasi aytilmagan bo‘lsa, bu
shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va xodim
shartnoma imzolangan kundan kеyingi ish kunidan kеchikmay
ish boshlashi kеrak.
To‘lanadigan ish haqi miqdori tomonlarning kеlishuviga bino-
an bеlgilanadi va qonunlarda bеlgilangan eng kam ish haqidan
kam bo‘lmasligi kеrak.
Mehnat Kodeksining 80-moddasiga asosan KMT ma’muriyati
ishga qabul qilayotganda ishga kirayotgan shaxslardan quyidagi
hujjatlarni talab qilishga haqlidir:
pasport to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq pasport yoki uni
o‘rnini bosadigan hujjat. 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs-
lar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, Mehnat daftarchasi,
68
ishga birinchi marotaba kirayotgan shaxslar esa so‘nggi mashg‘ulot
haqidagi turar joydan mahalla qo‘mitasidan uy-joylardan foyda-
lanish tashkilotlaridan ma’lumotnomani;
o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daf-
tarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnoma;
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar safidan ozod bo‘lganlar
harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlar, chaqiriluvchilar harbiy
hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etadilar.
Qonunga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyor-
garlikka ega shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ish-
larga (vrachlar, haydovchilar, o‘qituvchilar) kirayotganda oliy yo-
ki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomi
yoki mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yo-
ki boshqa hujjatni ko‘rsatishi shart.
Mehnat daftarchasi albatta qonunda ko‘rsatilgan tartibda ras-
miylashtirilgan bo‘lishi kerak. Pasport yoki mehnat daftarchasi-
siz ishga qabul qilinmaydi. Amaldagi qonunga ko‘ra, Oliy o‘quv
yurtlariga professor, o‘qituvchilar tarkibiga konkurs bo‘yicha ish-
ga qabul qilishda, shuningdek, ilmiy tadqiqot institutlariga il miy
xodimlar vazifalariga konkurs o‘tkazishda xarakteristika, tavsi-
yanomalar talab etiladi. O‘rindoshlik bo‘yicha ishlash uchun har
ishni korxona va ma’muriyatning kelishuvi bilan amalga oshirila-
di. Bunday vaqtda o‘rindoshlikda ishlashga ruxsat berilganlikni
tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bo‘yicha ishga qabul
qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. O‘n besh yoshga to‘lgan
shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuv chi shaxs-
ning yozma ravishda roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari,
hunar-texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining
o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan
birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bola-
larni sog‘lig‘iga va kamol topishiga ziyon yetkaz maydigan va ta’lim
olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarga qo‘yiladi. Ishga qabul
qilishda g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy rad etish deb
hisoblaydi:
69
– ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni asossiz
ishga qabul qilmaslik;
– ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzi-
shi shart bo‘lgan (belgilangan ish joylar hisobidan ishga yuboril-
gan shaxslarni, homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bola-
lari bor ayollarni) hollarda ishga qo‘ymaslik.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bi-
lan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etish sababini asoslab
uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart, bu javob ishga
qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan
imzolangan bo‘lishi lozim. O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-
anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar,
o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar va shuningdek, er-xotinning ota-ona-
lari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) ulardan biri ikkin-
chisiga bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishi ta-
qiqlanadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi huj-
jatlarni: pasport yoki uni o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni, o‘n
olti yoshga to‘lmagan shaxslar esa – tug‘ilganligi to‘g‘risida gu-
vohnoma va turar joydan ma’lumotnoma. Mehnat daftarchasi-
ni, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi
o‘rniga asosiy ish joyidan olingan ma’lumotlarni;
Harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiruvchilar tegishli har-
biy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma,
muayyan ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargi-
na bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganlar oliy yoki o‘rta
maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yo-
xud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yo-
ki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida kirayotgan shaxsdan qonun hujjat-
larida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab etish man etiladi. Ishga
qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining
huquqi bo‘lib bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi vakil qil-
gan organlar orqali yoki boshqa organlar orqali amalga oshiriladi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq – mehnat shartnomasi-
ning mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi. Buyruq
70
xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Ishga qabul qi-
lish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki
uning ijozati bilan xodimga haqiqatdan ishlashga ruxsat etil-
gan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtiril-
gan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat’i nazar, ish boshlagan
kundan e’tiboran mehnat shartnomasi qonun hujjatlariga mu-
vofiq tuzilgan deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi xodimning
unga topshirilayotgan ishga layo qatliligini tekshirib ko‘rish, xo-
dim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirish-
ga qobiliyati borligini bilish maqsadida dastlabki sinov sharti
bilan tuzilishi mumkin.
Ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilishgandan, shu-
ningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodim-
lar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan dastlabki mehnat sinov
belgilangan.
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muay-
yan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat
tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgi-
langan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida, basharti bu qonun
hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomalari tu-
zish mumkin.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha,
shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasi qonunlar bilan
quyidagilar belgilanadi: ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi)
xodimning mehnat vazifasi mutaxassisligi, malakasi, u ishlay-
digan lavozim, ishning boshlanish kuni.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Mehnat shart-
lari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjat-
lar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bi-
lan belgilanadi. Mehnat shartnomalarini o‘zgartirish, ular qaysi
tartibda belgilangan bo‘lsa shunday tartibda amalga oshirila-
di. Mehnat shartlarini o‘zgartirish 89–90-moddalarida tutilgan
holda yo‘l qo‘yiladi. Ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat
shartnomalarini o‘zgartirish faqat texnologiyadagi ishlab chiqa-
71
rish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar ishlar hajmining
qisqartirilganligi, bunday o‘zgarishlar xodimlar sonini yoki ishlar,
xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan ma’lum bo‘lgan
holda ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shart-
nomalarini o‘zgartirish xususida korxonaning xodimlari vakillari
organlari bilan oldindan maslahatlashib olinadi.
Ish beruvchi mehnat shartnomalaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar
haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlanti-
rib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan vaqtni qisqartirish uchun faqat
xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shart-
nomasi u yangi mehnat shartnomalari asosida ishlashni davom
ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda
xodimga o‘rtacha oylik ish haqi miqdori kam bo‘lmagan miqdorda
ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi. Xodim ish beruvchi tomonidan
mehnat shartnomalari o‘zgartirilganligi ustidan sudga shikoyat qi-
lishga haqli. Nizoni ko‘rish vaqtida ish beruvchining zimmasiga
avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini is-
botlab berish majburiyati yuklatiladi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun
va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, xodim
ish beruvchidan mehnat shartnomalarini o‘zgartirishga talab qi-
lishga haqlidir. Xodimning mehnat shartnomasini o‘zgartirish ha-
qidagi arizasi berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay
ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Xodimning mehnat shakllarini o‘zgartirish haqidagi talab-
lari rad etilgan taqdirda ish beruvchi unga rad etishning sababini
ma’lum qilishi kerak. Xodimga uning talablarini rad etish sabab-
larini ma’lum qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish
rad etilganligi xususida shikoyat qilishi uchun to‘sqin bo‘la olmaydi.
Mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini
o‘zgartirish mehnat shartlarini o‘zgartirish deb hisoblanmaydi.
Bu haqda xodim bilan kelishishi talab qilinmaydi. Boshqa doi-
miy ishga o‘tkazishga – unga boshqa mutaxassislik, malaka la-
vozimiga oid ishlarni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l
qo‘yilishi mumkin. Agar obyektiv sabablarga ko‘ra mehnat shart-
nomasida belgilab qo‘yilgan mehnat vazifasi doirasida ishni da-
vom ettirish mumkin bo‘lsa, ish beruvchi xodimga mutaxassisli-
gi va malakasiga muvofiq keladigan ishni, bunday ish bo‘lmagan
72
taqdirda esa korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif eti-
shi shart. Xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki o‘ziga
muvofiq keladigan ish bo‘lmagan taqdirda mehnat shartnomasini
umumiy asoslari bo‘yicha bekor qilishi mumkin.
Test
1. Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi
bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etish sababini asoslab
qancha muddat ichida yozma javob berishi shart?
A) uch kun
B) besh kun
C) 10 kun
D) hech qanday muddat belgilanmagan
2. O‘zbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat
shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli» to‘g‘risidagi
133-sonli qarori qachon tasdiqlangan?
A) 1997-yil 11-mart
B) 1998-yil 30-aprel
C) 1999-yil 24-aprel
D) 2002-yil 19-noyabr
3. Ish beruvchi mehnat shartnomalaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar
haqida xodimni kamida qancha muddat oldin yozma ravishda
ogohlantirib tilxat olishi shart?
A) bir oy oldin
B) ikki oy oldin
C) uch oy oldin
D) to‘rt oy oldin
1
2
3
A
A
B
Dostları ilə paylaş: |