N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Xodimlarning mehnat faoliyatlarini rasmiylashtirish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

10-mavzu: Xodimlarning mehnat faoliyatlarini rasmiylashtirish
Reja:
1.  Xodimlarning mehnat faoliyatlarini rasmiylashtirish tartibi.
2. Mehnat daftarchalari – xodimlarning mehnat stajini tas-
diqlovchi asosiy hujjat sifatida.


78
3.  Ichki mehnat tartibi qoidalari.
Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tas-
diqlovchi asosiy hujjat bo‘lib, mulkchilik va xo‘jalik yuritish 
shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 
besh kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddat-
ga yollanganlarga, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urta qilini-
shi ko‘zlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlar-
ga ham yuritiladi.
Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga hamda shax-
siy yordamchi xo‘jaliklarda ishlovchilarga mehnat daftarchalarini 
berish, mehnat stajini belgilash pensiya jamg‘armasining tuman 
(shahar) bo‘limlari tomonidan beriladi. Ilk bor o‘zining mehnat 
faoliyatini shunday ishlarda boshlagan xodimlarga mehnat daf-
tarchalarini berish jamg‘armaning tuman bo‘linmalari tomo-
nidan rasmiylashtirilib beriladi.
Mehnat stajining davomiylik muddati to‘g‘risidagi yozuv Pen-
siya jamg‘armasiga tegishli ajratmalarning to‘langanligi haqida 
berilgan hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda jamg‘armaning tuman 
bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur faoliyat davri-
da bo‘lgan shaxslarning mehnat daftarchalari ularning egalari 
boshqa ishga joylashganlariga qadar Pensiya jamg‘armasining tu-
man (shahar) bo‘limlarida saqlanadi.
Ish beruvchilar har bir xodim uchun mehnat daftarcha-
lari ochadilar, zarurat bo‘lganda ish davrini ish stajiga kiritish 
uchun xodimlarning ish davri to‘g‘risida ma’lumotlariga tegishli 
o‘zgartirishlar kiritib boradilar.
Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan shaxslarning 
mehnat daftarchalariga umumiy asoslarda yoshga doir pensiya 
olish huquqiga ega bo‘lgunga qadar, yoki ishga kirguncha mahal-
liy mehnat organlarida saqlanadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi huj-
jatlarni:
– pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n 
olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risida gu-
vohnoma va turar joydan ma’lumotnomani;


79
– mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayot-
gan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosda ishga kira-
yotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joydan 
ma’lumotnomani;
– harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishli 
harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqida guvohnomani;
– qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotnoma yoki 
maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan 
ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini ta-
momlaganlik to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish 
huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatlar-
ni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasining davlat ti-
lida, qoraqalpoq yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat tillari-
da ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi.
Mehnat daftarchasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Xodim to‘g‘risida: ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, 
ma’lumoti, kasbi, mutaxassisligi;
Ish to‘g‘risida: ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, 
mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida.
Shuningdek, xodimning iltimosiga ko‘ra mehnat daftarchasi-
ga o‘rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ish-
ga o‘tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat 
shartnomasini bekor qilish asoslari sabablari mehnat daftarchasi-
ga yozilmaydi.
Mehnat daftarchasiga intizomiy jazolar to‘g‘risidagi ma’-
lumotlar yozilmaydi. Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilini-
shi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar 
buyruqning mazmuniga mos bo‘lishi shart.
Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga ko‘chirish va mehnat 
shartnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi-
ga kiritiladigan har bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha 
egasini shaxsiy varaqasini imzolash yo‘li bilan 3 kun muddat ichi-
da tanishtirilishi lozim. Xodimning ishi, boshqa doimiy ishga 
ko‘chirilishi va hokazolar to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki noaniq yozuv-


80
lar aniqlangan taqdirda, ular bunday yozuvni kiritgan ish beruv-
chi tomonidan to‘g‘rilanadi va tasdiqlanadi. Yangi ish joyidagi ish 
beruvchi buning uchun xodimga tegishli yordam ko‘rsatishi lo zim.
Zarur hollarda ish beruvchi xodimlarning iltimosiga bino-
an mehnat daftarchalaridan ish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 
ko‘chirmasini yozib, tasdiqlab beradi. Noto‘g‘ri yoki noaniq 
ma’lumot yozib qo‘ygan korxona tugatilgan bo‘lsa, unda xatoni 
uning huquqiy vorisi, agar vorisi bo‘lmagan taqdirda, shu tugatil-
gan korxona bevosita bo‘ysungan yuqori tashkilot tuzatadi. Ular 
ham bo‘lmagan taqdirda tegishli arxiv tomonidan kiritiladi.
Xodimning ishi yoki boshqa doimiy ishga ko‘chirilishi va shu 
kabilar haqidagi to‘g‘rilangan ma’lumotlar buyruqning asl nus-
xasiga aynan mos bo‘lishi kerak. Agar buyruq yo‘qolib qolgan 
bo‘lsa, yoki u xodim bajargan ishga nomuvofiq bo‘lgan taqdir-
da, mehnat daftarchasidagi ishi haqidagi ma’lumotlari to‘g‘rilab 
yozib qo‘yish, bajargan ishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga 
asoslanib amalga oshiriladi. Guvohlar ko‘rsatmasi mehnat daf-
tarchasiga o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘lmaydi.
Mehnat daftarchasining «Ish to‘g‘risidagi ma’lumotlar» 
bo‘limida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib 
o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish organlari tomonidan xodim 
g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgan yoki boshqa doimiy ishga 
ko‘chirilgan deb topilib ilgarigi ishga qayta tiklanganda, yozuv-
lar yuqorida keltirilgan tartibda bekor qilinadi. Jumladan, son-
li-raqamli yozuv bekor qilindi, oldingi ishiga tiklandi deb yozila-
di. Bunday hollarda ishga tiklash to‘g‘risidagi buyruq 4-ustunda 
ko‘rsatiladi.
Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar mehnat daftarchasining 
birinchi betiga yoziladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi qisqarti-
rishsiz to‘liq yoziladi va (tugatilgan) tutilgan kuni, oyi, yili paspor-
ti yoki tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga asoslanib to‘ldiriladi.
O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi yozuvlar 
faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga asosan 
yoziladi.
To‘liqsiz o‘rta va to‘liqsiz oliy ma’lumotlar to‘g‘risidagi yo-
zuv ham tegishli hujjatlar (talabalik bileti, imtihonlar daftarcha-


81
si, o‘quv yurti ma’lumotnomasi)ga asoslanib yoziladi. Kasbi mu-
taxassisligi to‘g‘risidagi ma’lumot mehnat daftarchasiga ma’lumot 
to‘g‘risidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat 
asosida yoziladi. Mehnat daftarchasi to‘ldirilgandan so‘ng xodim 
kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlay-
di. Mehnat daftarchasini berishga mas’ul bo‘lgan shaxs imzola-
gandan so‘ng unga korxonaning muhri bosiladi.
Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug‘ilgan kuni 
to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirishlar tegishli hujjatlar asosi-
da va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qi-
lingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiri-
tiladi. O‘zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi 
betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki 
tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi 
ma’lumotlar yozib qo‘yiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari beti-
ga yozilib korxona rahbarlarining yoki uning tomonidan maxsus 
vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona muhri bilan tas-
diqlanadi.
Mehnat daftarchasidagi «Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar» nom-
li bo‘limining 3-ustuniga korxonaning to‘liq nomi yoziladi. Sar-
lavha tagidagi 1-ustunga tartib raqami ko‘rsatiladi:
2-ustunda ishga qabul qilingan sana yoziladi;
3-ustunga bo‘lim, bo‘linma, qism, ishlab chiqarishga qabul 
qilindi deb shuningdek, ish nomi, kasbi yoki mansabi va berilgan 
malaka darajasi aniq ko‘rsatiladi;
4-ustunga qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib 
raqami) qayd qilinadi.
Belgilangan tartibda ma’lumotnoma tarif-malaka ma’lumot-
nomasida va xizmat mansablarining yagona ro‘yxati, yoxud la-
vozimlar jadvalida ro‘y bergan o‘zgarish yoki qo‘shimchalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar xodimlar e’tiboriga yetkazilib, so‘ng 
ular ning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug‘i asosi-
da tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi.
Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi darajasi be-
rilgan bo‘lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yo-
zuv kiritilishi shart. Xodim ikkinchi va undan keyingi kasblar-
ni o‘rgangan taqdirda, bu to‘g‘rida mehnat daftarchasiga ushbu 


82
kasb larning malaka darajalari ko‘rsatilib qayd qilinadi. Xodim 
yangi o‘rgangan kasbi bo‘yicha ish bajargan taqdirda mehnat daf-
tarchasiga bu to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.
Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, 
o‘rindoshlik ishi to‘g‘risidagi ma’lumot xodimni o‘rindoshlik 
asosida ishga qabul qilgan ish beruvchi tomonidan yoziladi. 
 
Uning ishdan bo‘shaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot ham xuddi shu 
tarzda yoziladi. Xodimning mazkur korxonaning o‘zida boshqa 
doimiy ishga o‘tkazilishi xuddi ishga qabul qilinganidek amal-
ga oshiriladi. Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi 
o‘zgartirilsa, unda bu to‘g‘rida mehnat daftarchasining 3-ustuni-
da alohida satr bilan «Falon korxona, falon sanada, falonchi nom 
bilan amalga oshadi» deb yoziladi.
4-ustunda esa, qayta aytilishini asoslab buyruq sanasi va son 
raqami qo‘yiladi. Mehnat daftarchasiga ega bo‘lgan talabalar, 
о‘quvchilarga, aspirantlarga o‘quv yurtlari tomonidan oliy va 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qigan 
vaqtlari to‘g‘risida yozuv kiritiladi.
Ilgari ishlamagan, mehnat daftarchalariga ega bo‘lmagan 
tala balarga ishlab chiqarish amaliyotda va xo‘jalik shartnomalari 
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daf-
tarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar tomonidan 
tegishli ma’lumotlarga asoslanib kiritiladi.
Basharti ish davomida xodimga yangi malaka darajasi beril-
sa, bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi. Uzluksiz mehnat sta-
jining tiklanishi va saqlanishi to‘g‘risidagi yozuvlar ham ushbu 
bo‘limda qayd qilinadi. Ishdan bo‘shatish sababi to‘g‘risidagi yo-
zuvlar amaldagi qonun shakliga va qonunning havola qilingan te-
gishli moddasi, bandiga muvofiq yozilishi kerak.
Mehnat daftarchasining «mukofotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar» 
bo‘limida tegishli farmonlar asosida ordenlar va medallar bilan 
mukofotlash to‘g‘risida, faxriy unvonlar va davlat mukofotlari be-
rish to‘g‘risida, yuqori tashkilotlar tomonidan ko‘krakka taqila-
digan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar berilganligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar qayd etiladi.
Rag‘batlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘limida quyida-
gi ma’lumotlar yoziladi: ichki mehnat tartibi qoidalari va inti-


83
zom ustavlarida ko‘zda tutilgan ishdagi muvaffaqqiyatlar uchun 
rag‘batlantirishlar (tashakkur e’lon qilish, mukofot berish, qim-
matbaho sovg‘alar bilan mukofotlash, muassasalarning faxriy 
yorlig‘i bilan mukofotlash, hurmat kitobiga, hurmat taxtasi-
ga kiritish va boshqalar). Amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa 
rag‘batlantirishlar: diplomlarga sazovor bo‘lgan kashfiyotlar 
to‘g‘risida, foydalanilgan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari 
va shu munosabat bilan to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida ish 
haqi sistemasida ko‘zda tutilgan boshqa holatlar.
Korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzil-
gan mehnat shartnomasi. Ayrim toifa dagi xodimlarga nisbatan 
qo‘llaniladigan intizom qoidadagi nizom va ustavlar bilan belgi-
lanadi.
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzish qo‘pol tusga egali-
gi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya 
harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli ke-
lib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qa rab 
hal etiladi. O‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodim-
ning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat 
shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar 
bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi.
Mulkdorlik almashishi sababli korxona rahbarlari bilan tuzil-
gan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tu-
tilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruv-
chining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona 
butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
Test
1.  Mehnat daftarchasiga noto‘g‘ri yoki noaniq ma’lumot yo zib 
qo‘ygan korxona tugatilgan bo‘lsa, unda xatoni qaysi organ tuza-
tadi?
A)  tashkilotning huquqiy vorisi 
B)  tugatilgan korxona bevosita bo‘ysungan yuqori tashkilot 
C)  tegishli arxiv tomonidan 
D)  A, B, C 


84
2. Mehnat daftarchasi xodim ishga qabul qilinganidan so‘ng 
qancha muddat ichida ochiladi?
A)  5 kun ichida 
B)  sinov muddati davomida
C)  10 kun ichida 
D)  sinov muddatining yakunida 
3. Mehnat daftarchasidagi «Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar» 
nomli bo‘limining … – ustuniga korxonaning to‘liq nomi yo-
ziladi.
A) 1- 
B) 2- 
C) 3- 
D) 4- 
1
2
3
D
A
C

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin