N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

Taqrizchilar: 
G. Boxodirova  – Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji 
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
I. Yuldashova  – Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji 
huquqiy fanlar kafedrasi mudiri,
A. Toshpo‘latov  – 2-Toshkent yuridik kolleji maxsus fanlar kafedra-
si mudiri.
ISBN 978-9943-4135-9-7   
 
   © «Faylasuflar» nashriyoti, 2014


3
KIRISH
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etishda, 
uning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda zamonaviy 
bilim va malakaga ega bo‘lgan professional kadrlar muhim o‘rin 
tutadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatida kadrlarni tanlash, ularni joy-
joyiga qo‘yish, turli sohalar uchun tayyorlanayotgan xodimlar-
ni o‘qitish masalasi bugungi davrimizning dolzarb vazifalaridan 
biridir.
Hayotimizdagi to‘xtovsiz texnik progress – mukammal 
texnologiya va malakali kadrlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. 
Huquqiy davlatning asosiy maqsadlaridan biri turli kasb egalari-
ning huquqiy ongini yuksaltirishdir. Bu esa ushbu munosabat-
larning ilmiy jihatdan tadqiq etish, bu sohada bilim oluvchi tala-
balarda amaliy-ilmiy ko‘nikmalarni shakllantirishni o‘zida ifoda 
etadigan maxsus darslik va qo‘llanmalar yaratishni taqozo etadi. 
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanidan tayyorlan-
gan mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarda xodimlarni joy-joyi-
ga qo‘yish, ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari hamda 
ilmiy-amaliy yechimlari, xodimlar masalasining mehnat qo-
nunchiligida tutgan o‘rni yuzasidan chuqur va keng bilimlar-
ni shakllantirishdan iborat. Ushbu qo‘llanma fan sohasi sifatida 
«Ijtimoiy ta’minot huquqi», «Mehnat huquqi» fanlari bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda alohida o‘ziga xos tomonlari bi-
lan ajralib turadi. 
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fani asosan korxona, 
tashkilot, muassasaning bir bo‘linmasi sifatida tashkil etiladigan 
xodimlar bo‘limining tuzilishi, asosiy vazifalari, kadrlar bo‘limi 
xodimining huquq va majburiyatlari haqida tushuncha beradi. 
Fanning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kadrlar bo‘limining 
ish mazmuni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘lib, 
 
uning predmetini tashkilot, muassasa, korxonalar (ish beruvchi-
lar) bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil eta-
di. Bu fan orqali mehnatga oid huquqiy munosabatlarning asosiy 
qoidalari xodimlarni ishga joylash, joy-joyiga qo‘yish qoidalari
xodim ishining asosiy vazifalari, xodimlarga qo‘yiladigan asosiy 


4
talablar, kadrmlar bo‘limida yuritiladigan hujjatlar, xizmat huj-
jatlarini rasmiylashtirish shartlari o‘rgatiladi.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanini o‘rganish jarayo-
nida har bir o‘quvchi tegishli me’yoriy hujjatlar bilan yaxshi tan-
ish bo‘lishi, ularni tushuna olishi, qonunchilikda yuz berayot-
gan barcha o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishi hamda, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining kadrlar siyosatiga oid qonunlari, 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan qarorlar bilan 
muntazam ravishda tanishib borishi lozim.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanidan tayyorlan-
gan o‘quv qo‘llanmasi yuridik va ijtimoiy sohaga ixtisoslashtiril-
gan respublikamizdagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, 
xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida maxsus tadqiqot 
ishi olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar va soha mutaxassislari 
uchun mo‘ljallangan.


5

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin