N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

12-mavzu: Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash
Reja:
1.  Attestatsiyadan o‘tkazish tushunchasi.
2.  Attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash.
3.  Attestatsiya komissiyalari tarkibi.
4.  Attestatsiya komissiyalari xulosalari.
Attestatsiyadan o‘tkazish uchun, korxonada buyruq chiqarilib, 
unda doimiy asosda ishlaydigan attestatsiya komissiyasining 
tarkibi tasdiqlanadi hamda vazifalari belgilab qo‘yiladi. Zarurat-
ga qarab buyruq bilan bir vaqtning o‘zida attestatsiya komissi-
yalari tuzilishi mumkin. Attestatsiya komissiyalari tarkibiga qoida 
tariqasida, korxona bosh muhandisi, mehnatni muhofaza qilish 
xizmati mutaxassislari, xodimlar bilan ishlash, mehnat va ish ha-
qi xodimlari va boshqa bo‘limlar vakillari kiritiladi.
O‘sha buyruqning o‘zida attestatsiyalashning umumiy mudda-
ti tayin etiladi hamda uni o‘tkazish jadvali tasdiqlanadi. 
Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi:
1. Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan tashki-
liy va uslubiy ishlarni amalga oshiradi, zarur huquqiy normativ 
hujjatlar va ma’lumotnoma yo‘sinidagi risolalarni tanlaydi ham-
da bu hujjat va ma’lumotnomalar bo‘yicha ish joylarni attestatsi-
yadan o‘tkazish uchun jalb etilayotgan mutaxassislar tomonidan 
o‘rganilishini tashkil etadi.
2. Attestatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ish joylarining 
ro‘yxatini tuzadi hamda ularga tegishli tartib raqami beradi, ish 
joylari chegarasini belgilaydi.
3.  Ishlab chiqarish muhiti zararli va xavfli omillarining tatbiq 
etilishi lozim bo‘lgan hajmini aniqlaydi.


93
4. Yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi hamda rahbarlar, 
mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlari malaka ma’lumotnomasi 
asosida ish joylarida band bo‘lgan shaxslar kasbi va lavozimlarni 
nomlanishi ular bajarayotgan ishlarning xususiyatiga muvofiqligi 
yoki loyiqmasligini belgilaydi.
Attestatsiyalash uchun mo‘ljallangan har bir ish joyiga kar-
ta tayyorlanib unga ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni-
ning barcha omillari qayd etiladi. Olingan ma’lumotlar mazkur 
ish joyini tegishli tartib raqami bilan mehnat sharoitlari kar-
tasiga kiritiladi. Bunday kartalarning umumiy soni attestatsiya 
o‘tkazish lozim bo‘lgan ish joylari miqdoriga mos bo‘lishi ke rak.
Ish joylarni attestatsiyalash tugagach, mehnat shartnomala-
rini zararli va xavflilik darajasi bo‘yicha baholash kartalari asosi-
da, dastlab har bir tarkibiy bo‘linma uchun so‘ngra esa umu-
man butun korxona uchun belgilangan namunadagi qaydnoma 
to‘ldiriladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiy bo‘linmalardagi va umuman 
korxonadagi mehnat sharoitlari noqulay ish joylari miqdoriga 
oid ma’lumotlarni umumlashtirishdan tashqari ilgari tasdiqlab 
olingan rejaga muvofiq boshqa tadbirlarni ham amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muho-
faza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahka-
masi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 
106-son, 43-son va 01-356-son qarori bilan «Rahbar va pedagog 
xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari 
berish tartibi to‘g‘risida» nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-
yil 25-noyabrdagi «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash 
tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-227-qarori va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 
21-dekabrdagi «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning 
takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 275-qaroriga 
muvofiq idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, xalq ta’limi tizimi-
dagi davlat ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarini at-
testatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini 
belgilaydi. Attestatsiya o‘tkazishning asosiy maqsadlari:


94
–  xodimlarning malaka talablariga muvofiq malaka toifalari-
ni belgilashda ularning kasbiy mahorati darajasini aniqlash va 
malaka toifalarini berish (oshirish yoki pasaytirish);
– rahbar xodimlar kasbiy mahorati darajasining lavozim 
malaka tavsiflariga muvofiqligini aniqlash.
Attestatsiya:
– rahbar va boshqa xodimlarning kasb mahoratini maqsadli 
va muntazam oshirilishini rag‘batlantirish;
–  ish haqi miqdorining ko‘payishi imkoniyatlarini ta’minlash;
– jamoaning xodimlar mehnatini baholashdagi huquqlarini 
yanada oshirishga yo‘naltirilgan.
Attestatsiyaning asosiy tamoyillari:
– xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishning majburiyligi va 
davriyligi;
–  oshkoraligi, kengashib ish ko‘rishi va xolisligi hisoblanadi.
Rahbar xodimlar attestatsiyasi uch yilda bir marta, xodimlar 
attestatsiyasi besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Yangi ishga qabul qilingan xodim kamida bir yildan keyin at-
testatsiyadan o‘tkaziladi.
Uzoq vaqt (bir oydan ortiq) davolanayotgan xodimlar, homi-
ladorlik ta’tilidagi, uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parva-
rishlash ta’tilidagi ayollar ishga chiqqanlaridan so‘ng kamida bir 
yildan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Rahbar xodimlarning quyidagi toifalari attestatsiyadan 
o‘tkazilishi shart – rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari (xo‘jalik 
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlaridan tashqari), metodik 
kabinetlar mudirlari va xodimlari, shuningdek, Davlat ta’lim 
standartlari monitoringi bo‘lim (sho‘ba) boshliqlari; pedagog 
xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institut (markaz, 
fakultet va kurs)lari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, davlat 
boshqaruvi organlari rahbarlari.
Attestatsiya qilinuvchi rahbarlar o‘tkazilishi belgilangan at-
testatsiyadan bir oy oldin tegishli boshqaruv organiga, muassasa 
rahbariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
–  ma’lumotnoma-tarjimayi hol;
–  mehnat daftarchasi, ma’lumoti, malaka toifasi, ilmiy dara-
jasi va ilmiy unvoni to‘g‘risidagi (agar bo‘lsa), malaka oshirganligi 


95
va qayta tayyorlash muassasalarida olingan ixtisoslik to‘g‘risidagi 
guvohnoma (sertifikat) nusxalari;
–  nashr etilgan ilmiy, o‘quv-metodik ishlari, maqolalari;
–  attestatsiya qilinuvchi tomonidan keyingi uch yilda bajaril-
gan ishlarning rahbariyat tomonidan tasdiqlangan hisoboti.
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar uchun attestatsi-
ya qilinuvchi javobgar hisoblanadi.
Attestatsiya jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahi-
falangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
Attestatsiya komissiyasi taqdim qilingan hujjatlarni har to-
monlama ko‘rib chiqib, suhbat, malaka sinovlari va kasbiy faoli-
yatni baholash natijalarini hisobga olib, quyidagi xulosadan birini 
qabul qiladi: «Egallab turgan lavozimiga mos keladi», «Egallab 
turgan lavozimiga mos kelmaydi».
Attestatsiya qilinuvchi xodim attestatsiya komissiyasi majlisiga 
uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, u attestatsiyadan o‘tmagan 
hisoblanadi va «Egallab turgan lavozimiga mos kelmaydi» degan 
xulosa chiqariladi.
Test
1.  O‘z tashkiliy shakliga, o‘tkazilish qamroviga ko‘ra attestat-
siya o‘tkazish necha turga bo‘linadi?
A) 2  
 
 
C) 4
B) 3  
 
 
D) 5
2. Attestatsiya uchun taqdim etilgan noto‘g‘ri yoki buzib 
ko‘rsatilgan ma’lumotlar uchun kim javobgar hisoblanadi?
A)  attestatsiya qilinuvchi 
B)  ish beruvchi
C)  xodimlar xizmati bosh inspektori 
D) A,B,C
3.  Attestatsiya qilinuvchi rahbarlar o‘tkazilishi belgilangan at-
testatsiyadan qancha muddat oldin tegishli boshqaruv organiga, 
muassasa rahbariga tegishli hujjatlarni topshirishi kerak?
A) 15 kun   
 
C) ikki oy 
B) bir oy    
 
D) uch oy 


96
1
2
3
A
A
B

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin