13-mavzu: Ishdan bo‘shatish nafaqasi
Reja:
1. Ishdan bo‘shatish tushunchasi va tartibi.
2. Mehnat shartnomasini bekor qilish bosqichlari.
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish paytida to‘lanadigan
ishdan bo‘shatish nafaqasi.
O‘zbekiston fuqarolarining mehnat qilish huquqi mustaqillik
va istiqlol sharofati bilan yangi imtiyoz va qoidalar bilan boyi-
tildi. Har bir fuqaro mehnat qilish va uning natijalaridan foyda-
lanish, shu jumladan, unumli va ijodiy mehnat uchun o‘z qobi-
liyatini tasarruf etilish imkoniyati huquqiga, ishni erkin tanlash
va ishdan bosh tortish, qulay mehnat sharoitlari, davlat tomo-
nidan kafolatlangan mehnat huquqi minimumi va ishsizlikdan
himo yalanish, teng mehnati uchun hech bir kamsitishsiz teng haq
olish huquqiga ega.
«Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli
mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ish-
sizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasi 37-modda).
Ishga qabul qilish singari mehnat shartnomasini bekor qi lish
ham bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich-
da mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qi-
linadi va qonunda ko‘zda tutilgan mehnat shartnomasini bekor
qilish ning biron-bir asosiga to‘g‘ri keladigan rusum qoidalar ba-
jariladi.
Mazkur bo‘limda so‘z yuritiladigan mehnat shartnomasini
bekor qilishning ikkinchi bosqichi o‘z ichiga quyidagilarni ola-
di: mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning
nusxasini berish, mehnat shartnomasining bekor qilinishi yozil-
gan va boshqa zarur yozuvlar kiritilgan mehnat daftarchasini be-
rish, ish haqi bo‘yicha hisob-kitob qilish. Ish beruvchi mehnat
shartnomasi bekor qilinishi tegishlicha va o‘z vaqtida rasmiy-
97
lashtirilishi uchun javobgardir. Bu qonuniy talab hamma hollar
uchun, jumladan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bi-
lan bekor qilinganda ham amal qilinadi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish buyruq bilan rasmiylashti-
riladi. Ba’zi korxonalarda bu xil buyruqlar keng qo‘llaniladigan
shakli bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Biroq har qanday holda ham
mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirilayotganda
buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilishning asosi va sana-
si ko‘rsatilishi kerak. Mazkur buyruq ushbu xodimni ishga qabul
qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Ma’lumki, MK 247-moddasi ota-onalar va vasiylar shu ningdek
mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organlar ham-
da voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi ichki ishlar
idoralari xodimlari, agar o‘smirlar bajarayotgan ish ular tomo-
nidan davom ettirilishi o‘smirlarning sog‘lig‘iga ziyon qiladigan
yoki ularga boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo‘lsa bunday
shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qi lishni ta lab
etishga haqli ekani ko‘zda tutilgan. Bu holda buyruqda nafaqat
MK 247-moddasi, balki MK 106-moddasining qonunda nazar-
da tutilgan boshqa hollarda mehnat shartnomasi bekor qilinishi
mumkinligini ko‘zda tutuvchi 6-bandi ham mazkur holatda MK
247-moddasi dalil sifatida keltirilishi kerak.
Mehnat shartnomasi xodim tashabbusiga binoan kasallik, no-
gironlik, qarilik pensiyasiga chiqish, oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv
yurtlariga yoxud aspiranturaga kirish, boshqa korxonaga ishlash
uchun taklif qilish va qonunda imtiyoz va ustunliklar taqdim etish
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablar munosabati bilan bekor qi-
linganida mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq-
da ana shu sabablar ko‘rsatilishi kerak. Buyruqda ko‘rsatilgan
mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari hujjatlar bilan tas-
diqlanishi kerak.
Buyruqda mehnat shartnomasi bekor qilingan kun ko‘rsatilishi
kerak. MK 107-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra oxirgi ish
kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblana-
di. Afsuski, amaliyotda oxirgi ish kunidan keyin keladigan kun
ko‘rsatilgan buyruqlarni tez-tez uchratish mumkin. Masalan,
oxir gi ish kuni 15-sentabr bo‘lgan xodim bilan mehnat shart-
98
nomasi 16-sentabrdan bekor qilingan deb ko‘rsatilgan. Bu hol-
da buyruq aslida shunday bo‘lishi kerak «...Mehnat shartnomasi
15-sentabrdan bekor qilingan».
Shunday qilib, bu xil bahs-nizolar paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun buyruq va mehnat daftarchasida mehnat shart-
nomasini bekor qilish kuni mehnat shartnomasi bekor qilish
to‘g‘risidagi, oxirgi ish kuniga to‘g‘ri keluvchi buyruq chiqarilgan
kundan oldin kelib ko‘rsatilmasligi kerak. Biroq oxirgi ish ku-
ni tushunchasi ham amaliyotda bir xil emas. Ko‘pchilik xodim-
ga ish haqi to‘langan oxirgi kunni ana shunday kun deb hisoblay-
di. Bunday fikr doim ham to‘g‘ri kelavermaydi, chunki xodimga
ish haqini saqlamasdan turib ham ish joyi saqlab qo‘yilgan ho-
latlar mavjud. Aniqrog‘i xodim bilan mehnatga oid munosabat-
lar saqlangan oxirgi kunni oxirgi ish kuni deb hisoblash mum-
kin. Ayni shu sababli asosli sabablarsiz ishda bo‘lmaganlik uchun
mehnat shartnomasini bekor qilayotganda buyruqda mehnat
shartnomasini bekor qilish sanasi sifatida xodim proguldan oldin
mehnat vazifasini oxirgi marta bajargan kun ko‘rsatiladi. Shuning
uchun buyruqda va tegishli ravishda mehnat daftarchasida ayni
progul boshlanishidan oldingi kun ko‘rsatilishi kerak.
Xodim ishdan qonuniy tarzda yoki chetlatilgani natijasida yoki
xodimning avvalgi davom ettirishga to‘sqinlik qiluvchi sud huk-
mi munosabati bilan u mehnat vazifalarini bajarishni haqiqat-
da to‘xtagan hollarda shunday tartib qo‘llanilmoqda. Yuqori-
da aytilganidek, mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi
buyruq ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan
imzolanishi kerak. Bu narsa MKning 107-moddasining 1-qismi
talablaridan kelib chiqadi. Bunga binoan mehnat shartnomasini
bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar to-
monidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bunday huquqdan odatda korxona rahbari uning
xodimlar bo‘yicha o‘rinbosari alohida tarkib bo‘linma rahbari va
boshqalar foydalanadi. Shu bilan birga ustavga binoan xodim-
lar ayrim manfaatlarini ishga qabul qilish huquqi qo‘yiladigan
boshqaruv organiga beriladigan holatlar bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, mehnat shartnomasini bekor qilish mazkur
xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs
99
buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi kerak. Mazkur mansabdor shaxs
mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning nus-
xasiga imzo chekishi va korxona muhri bilan tasdiqlashi kerak.
Ish beruvchi MK 108-moddasiga asosan mazkur nusxani mehnat
daftarchasi bilan birga xodimga mehnat shartnomasi bekor qilin-
gan kuni berishi shart.
Mehnat daftarchasini yuritish va mehnat shartnomasi be-
kor qi linganda uni berish tartibi hozirgi vaqtda avvalgiday kor-
xonalarda mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomalar bilan tartibga solinmoqda. Shuni e’tiborga olish
kerakki, amaldagi qonunchilik hech bir holatda ham xodimga
mehnat daftarchasi berilishini kechiktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari mazkur masala bo‘yicha nizo paydo bo‘lganda
mehnatga oid nizoni ko‘rib chiqayotgan organ agar majburiy
progul xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida
mehnat daftarchasi unga o‘z vaqtida berilmaganligi sababli
yuz bergani isbotlansa, bunday progul uchun xodimning pul-
ga oid talabini to‘liq hajmda qondirishga haqlidir. Buning usti-
ga mehnat shartnomasi bekor qilishning yangi sanasi ko‘rsatilgan
buyruq chiqariladi va xodimning mehnat daftarchasiga belgilan-
gan tartibda yangi yozuv kiritiladi. Mazkur holda mehnat daf-
tarchasi amalda berilgan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan
kun hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganida mehnat
daftarchasi xodimning shaxsan o‘ziga yoki belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha istagan boshqa shaxs-
ga berilishi kerak.
Mehnat shartnomasini ko‘rsatilgan manzilga pochta orqa-
li yuborish uchun xodimning roziligi albatta kerak. Amaliyotda
ko‘pincha bu ish xodimning yozma arizasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Mehnat daftarchasini olganda ko‘rsatilgan shaxslar xodimning o‘zi
ham uni olgani haqida xodimni T-2 shaklidagi shaxsiy varaqasi-
ga va mehnat daftarchalari harakatini hisobga olish daftarchasiga
olin gan sanasi ko‘rsatilgan holda imzo chekishlari kerak.
Agar xodim taklif bo‘lishiga qaramay mehnat daftarchasini
olish dan bosh tortsa yoki pochta bildirishnomasi bo‘lishiga qara-
may uni olish uchun kelmasa, yoxud uni pochta orqali yuborish-
lari uchun rozilik bildirmasa buni mehnat daftarchasi berishni
100
cho‘zish deb baholab bo‘lmaydi va ish beruvchi tomonidan bu-
ning uchun hech qanday tovon to‘lanmaydi, biroq mehnat shart-
nomasini bekor qilish kunida ish beruvchining aybi bilan mehnat
daftarchasi berilmasa, qonunda belgilangan muddatdan keyin
yuborilgan pochta bildirishnomasi mehnatga oid nizoni ko‘rib
chiqayotgan organ tomonidan e’tiborga olinmasligi ham mum-
kin, chunki qonunda pochta bildirishnomasi yuboriladigan aniq
vaziyat belgilab qo‘yilgan (ya’ni mehnat shartnomasi bekor qilin-
gan kunda xodimning mehnat daftarchasini olish uchun kel-
magan holati).
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan pul hisob-
kitobini qilish ham ish beruvchining burchidir. Xodimga tegishli
pul hisob-kitobiga quyidagilar kiradi:
– barcha ishlagan kunlar shu jumladan mehnat shartnomasi
bekor qilingan kun uchun ish haqi;
– agar mehnat shartnomasini bekor qilish kunida foydala-
nilmagan yillik ta’til mavjud bo‘lsa, uning uchun to‘lanadigan
kompensatsiya;
MK ning 109-moddasida ko‘zda tutilgan asoslar va ushbu kor-
xonaning jamoa shartnomasi bo‘yicha mehnat shartnomasini be-
kor qilish paytida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi; xo-
dim tomonidan mehnatga oid vazifalari bajarilishi sababli tegishli
bo‘lgan boshqa to‘lovlar.
Muddati ko‘rsatilmagan mehnat shartnomasida uni muddati-
dan oldin bekor qilinganda, burchsizlik to‘lovi to‘lash to‘g‘risida
tomonlarning o‘zaro majburiyati ko‘zda tutilgan hollarda ish
beruv chi bundan tashqari MK ning 100-moddasida ko‘zda tu-
tilgan asoslar bo‘yicha u bilan mehnat shartnomasini muddati-
dan oldin bekor qilinganda xodimga neustoyka to‘lashi shart.
Neustoyka miqdori ish beruvchi tomonidan xodim manfaatla-
rini ko‘zlab, sarflangan xarajatlarni xodim ishlab bergan davr va
boshqa hollarga ko‘ra tabellashtirish mumkin. MK 115-modda-
sining 1-qismiga muvofiq mehnat shartnomasi quyidagi asoslar
bo‘yicha bekor qilinganda to‘lanadi: ish beruvchining tashab-
busiga binoan bunda xodimning o‘zi aybdor xatti-harakatlar
sababli mehnat shartnomasi bekor qilish mustasno. Xodimning
yangicha mehnat sharoitida ishni davom ettirishdan bosh tor-
101
tish munosabati bilan (MK 89-moddasining 1-bandi). Shu ish-
ning ilgari bajarib ketgan xodim ishga tiklangan taqdirda (MK-
ning 106-moddasining 2-bandi). Ishga qabul qilish yuzasidan
belgilangan qoidalar bu zilganligi munosabati bilan (MK ning
106-moddasi ning 4-bandi ishga qabul qi lish yuzasidan belgilan-
gan qoidalar xodim tomonidan buzilgan hollar).
Mehnat shartnomasini bekor qilish paytida xodimga tegish-
li bo‘lgan hisoblab chiqarilgan pul uning miqdori haqida imzo
bo‘lmagan taqdirda quyidagi paytda to‘lanishi kerak:
1. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan
bekor qilinganda:
– mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishni da-
vom ettirgan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda;
– mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga kelib ishlama-
yotgan xodimga hisoblangan pulni berish to‘g‘risida talab qilgan
kunda.
2. Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor
qilinganda:
– qonunga binoan yoki shartnoma bo‘yicha ish beruvchining
mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirish shart
bo‘lgan kundan qoldirmay;
– xodimga tegishli kerak bo‘lgan summa miqdori to‘g‘risida
nizo qilinmaydigan summani ko‘rsatilgan muddatda to‘lashga
majburdir.
Xodimga tegishli kerak bo‘lgan pul (foydalanmagan ta’til
uchun kompensatsiya, mehnat shartnomasini bekor qilish
to‘g‘risida ogohlantirish muddati davri evaziga kompensatsi-
ya, ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa barcha hollarda kafo-
latlangan to‘lovlar) xodimning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqib
hisob lanadi, MK 169-moddasiga asosan pensiya tayinlash payti-
da o‘rtacha ish haqini bisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan belgilanadi.
MK 164-moddasiga muvofiq, xodimning yozma roziligi bilan
bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan
xodimga to‘laydigan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.
3. Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar,
mehnat haqidan ushlab qolinadi:
102
– O‘zbekiston Respublikasida belgilangan majburiy to‘lovlarni
undirish uchun;
– sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
– ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun xo‘jalik
ehtiyojlariga xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi
munosabati bilan berilgan bo‘lib sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida
qaytarilmagan avans ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi
xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qayta rib olish uchun.
Mazkur paytda ko‘zda tutilgan ushlab qo lishlar avansni qaytarish
va qarzni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan
yoxud haq to‘lash noto‘g‘ri hisob lab chiqarilgan kundan boshlab
ko‘pi bilan bir oy ichida amalga oshiriladi.
4. Xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat
shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga te-
gishli kunlar uchun quyidagi sabablarga ko‘ra mehnat shartnoma-
si bekor qilinadi, bu kunlar uchun pul ushlab qolinmaydi:
– yangi mehnat sharoitida ishni davom ettirishdan bosh tor-
tish munosabati bilan ilgariroq shu ishni bajarib kelgan xodim o‘z
joyiga tiklanishi munosabati bilan.
5. Xodim ish beruvchiga yetkazilgan zarar hajmi xodimning
oylik o‘rtacha ish haqidan ko‘p bo‘lmasa, shu zarar o‘rnini qop-
lash uchun.
6. Jarima agar u xodimga nisbatan u yo‘l qo‘ygan tartibbuzar-
lik uchun intizomiy jazo chorasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa.
Ishdan mahrum bo‘lish oqibatlarini kamaytirish maqsadida
yangi mehnat Kodeksida alohida asoslarga binoan mehnat shart-
nomasi bekor qilinganda xodimlarga moddiy madad berishning
qo‘shimcha kafolatlari ko‘zda tutilgan.
Mehnat Kodeksining 67-moddasiga muvofiq xodimlarga ish
izlash davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda nafaqasi
hisobga olingan holda o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi va
mehnat shartnomasiga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi
bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘lovga noqobil korxonalar nochor
deb topilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil mayda
qabul qilingan «Bankrotlik to‘g‘risi»dagi qonunida yuridik va jis-
moniy shaxslar xo‘jalik yuritish subyektlarini bankrot deb topish
shartlari va tartibi belgilangan.
103
O‘zbekiston Respublikasida MKga binoan ish beruvchi bank-
rot topilgan holda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qi-
lishga yo‘naltirilgan muhim kafolat mustahkamlanib qo‘yilgan.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan
bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:
– ish beruvchining tashabbusi bilan xodim o‘zining mehnat
vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi
bundan mustasno, taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan Mehnat
kodeksining 106-moddasi 1- va 2-bandlarida nazarda tutilgan
holatlarga binoan;
– Mehnat kodeksining 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor
qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi, ishga qabul qi-
lish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzil-
gan hollar bundan mustasno;
– xodim yangi mehnat shartnomasi asosida ishni davom etti-
rishni rad etganligi sababli.
Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish ha-
qidan kam bo‘lishi mumkin emas.
5. Xodimning vafoti munosabati bilan mehnat shartnomasi
bekor qilinadi. Ish beruvchi ko‘mish uchun O‘zbekiston Respub-
likasida belgilangan eng kam ish haqining kamida uch baravari
miqdorida nafaqa to‘lashi shart. Mehnat jarohati, kasb kasalli-
gi bilan vafot etgan taqdirda uning oila a’zosiga marhumning ol-
ti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la
beriladigan nafaqa to‘lanadi.
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, mehnat shartno-
malarini bekor qilish quyidagi shart-sharoitlar bo‘lganda, mum-
kinligini nazarda tutish muhimdir.
Birinchidan, agar mehnat shartnomasini bekor qilish hollari
O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu qonunida ko‘zga tutil-
gan bo‘lsa.
Ikkinchidan, mehnat shartnomasini bekor qilish tashabbusi
xodimning yoki ish beruvchining xohishidan qat’i nazar 3-shaxs
tomonidan chiqishi kerak.
Uchinchidan, mehnat munosabatlarini davom ettirish haqiqat-
dan ham mumkin bo‘lmay qolgan hollardagina mehnat shartno-
masini bekor qilish to‘g‘risida 3-shaxs talab qilishi mumkin.
104
Test
1. «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ado-
latli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartib-
da ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». Mazkur qoida-
lar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida
aks etgan?
A) 36
C) 38
B) 37
D) 39
2. Mehnat kodeksning …-moddasi 4-bandiga binoan bekor
qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.
A) 106
C) 108
B) 107
D) 109
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish qanday hujjat bilan ras-
miylashtiriladi?
A) buyruq
B) nizom
C) qaror
D) dalolatnoma
1
2
3
B
A
A
Dostları ilə paylaş: |