Huquqiy madaniyat
- davlat tomonidan belgilangan
qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati
tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli
ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir.
Huquqiy ong
- huquqiy madaniyatning ajralmas qismi
bo'lib hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning
qonun me'yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish
xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya
qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy
tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy
ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida
quyidagi guruhlarga bo'linadi:
- Siyosiy;
- Axloqiy;
- Diniy;
- Huquqiy.
Huquqiy ong
- O'zbekiston davlati va uning organlari
tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga
rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir.
Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda
qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta'lim to'g'risidagi
qonun1', "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" "Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar
hisoblanadi.
12 Karimova O.A., G ’afforov Z.M . Davlat va huquq asoslari. Т.: 0 ‘qituvchi -
1995.
271
Xo'sh qonunning o'zi nima?
Qonun deganda
davlat hokimiyatining oliy organi
tomonidan qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt
tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:
1. Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan
chiqariladi;
2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega;
3. Me’yoriy-huquqiy xarakterga ega;
4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
5. Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.
6. Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi.
Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tofg'risida"gi qo
nunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga
bag'ishlanib, unda jinsi, till, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi,
dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy
mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt
yashayotganligidan qat'iy nazar har kimga bilim olishda
teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari
O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq
bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston
fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng
asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy
qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi,
kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta'minlash, uzluksiz
ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni
shakllantirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish
nafaqat oila va Maktabgacha ta'lim muassasalarida beribgina
qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar,
kattalar, qolaversa, butun jamiyat a'zolari qatnashishi lozimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish
shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:
272
1. Huquqiy bilim;
2. Huquqiy ma'naviyat;
3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;
4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan
tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan
maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni
ko'zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |