Inson onadan tug'ilib, olamga kelgan chog'idanoq tabiat
ehsonidan bahramand bo'ladi. Ilk bor havodan to'yib nafas
oladi. Odamzot o'sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh,
harorati juda zarur bo'lib, u bularning hammasini tabiatdan
oladi. Tabiat musaffo bo'lsa, odam ham sog'lom, baquvvat
o'sadi.
Odam har nafas olganda uning o'pkasiga yarim litrgacha
havo kiradi. Odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi yoki
tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda
11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng
muhim va zarur tabiat in'omidir. Havoga muntazam ravishda
aralashib turadigan iflos chang o'pkada gaz almashuviga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu insonning sog'lig'ini bora-bora izdan
chiqarib, turli xastaliklarni vujudga keltiradi.
Tabiat shunday odil mo'jizaki, atrof-muhitni muvozanatga
keltiradi.
Chunonchi/ chiqarilgan
karbonat
angidridni
o'simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o'simliklar
dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat
angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson
o'z atrofini o'rab turgan tabiatni, uning o'simliklar dunyosini
ko'z qorachig'iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo'lidan
kelganicha ko'proq daraxt ekishi, ko'kalamzorlashtirishga
intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota-
bobolarimiz daraxt ekish, bog'-rog' yaratishni savobli ish deb
bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi
obod bo'ladi, deb bejiz aytishmagan.
Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi
xususida quyidagilar aytilgan: "Ekmoq niyatida qo'lingizda
ko'chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo'lib qolishi
aniq bo'lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo'ying".
Inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan suv, oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki
insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun
Dostları ilə paylaş: