zarur bo'lgan dori-darmonlar
ham ona-tabiatda yetishgan
mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson
tanasida birorta ortiqcha a'zo bo'lmaganday, tabiatda ham
ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo'q. Ularning hammasi
hayot uchun zarur.
Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarningkesib
yuborilishi, qush va hayvonlarning
shafqatsizlik bilan ovlab
yo'q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga
sabab bo'Idi va bo'lmoqda.
Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer
yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson
uchun quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo'lsa,
ona
zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning
o'z qo'Iidadir.
Atrof - muhitning tozaligini ta'minlash o'zimizga bog'liq,
biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo'lish uchun
shahrimizga ko'chat ekib, ko'kalamzorlashtirsak, uning
ozodaligini saqlasak o'zimizning sog'lig'imizni saqlagan
bo'lamiz.
Bahor faslida ko'chat ekish oyligi o'tkaziladi. Shunday ekan,
nihollarni
yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib
o'stirish har bir o'quvchi va kattalarning insoniy burchidir.
O'zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga
yetish, chiroyiga chiroy, ko'rkiga-ko'rk qo'shishi odatlari bor.
Inson
tabiatdagi har bir giyoh, o't-alaf, dov-daraxt,
parranda-darrandalarni, olamda nimayiki kerakli bor narsani
zarur deb biiadi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buioqlarni, so'lim
daraxtzorlarni, qoya-g'orlarni, xosiyatli o't-o'Ianlarni, gul-
giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati порок kishilardan
saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e'tibor
berib kelganlar. Avvalo, har bir inson yer yuzidagi o'simliklarni
ko'paytirishga hissa qo'shishi, kamaytirishdan o'zini tiyishi
lozim. O'simliklarni ko'paytirishning birdan bir yo'Ii
- mevali
va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko'proq ekishdir. Ularni
parvarish qilish, bog'-rog'lar yaratish har bir inson uchun
305
xayrli ish bo'lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Xalqimiz bog'
yaratgan odamlarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Go'zal
bog'lar yaratish, yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng
yaxshi odatlarimizdan biri bo'lib kelgan.
Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma
yodgorliklaridan biri Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"
asarida Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari
bayon
qilinishi bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr
boshlarida O'rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha
noyob ma’lumotlar ham keltirilgan.
Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan
yaratilgan bog'-rog'lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham
Samarqand-u
Buxoroni, ko'hna Urganch, Xivani bezab, Yer
yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir obidalar bobokalonlarimiz
el-yurt obodonchiligiga alohida e'tibor qilganliklaridan dalolat
beradi.
''Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo
etilgan "Bog'i shamol", "Bog'i dilkusho", "Shahrisabz qo'rg'oni"
va Oqsaroy kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi.
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o'tmish
ajdodlarimizdan bizgacha urf-odat bo'lib yetib kelgan obo-
donchilik ishlaridan hozirgi
yoshlarni xabardor etish, ularni
ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular ham Jaloliddin
Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi
el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o'g'il-
qizlar, oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar
bo'lib yetishsinlar.
Dostları ilə paylaş: