N. M. Kayumova


O'yinning maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

O'yinning maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik
jarayonidagi o'rni
O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi 
hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun 
ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib 
kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, 
mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga 
ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni 
talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga 
muvofiqdir. 
Mazmunan ko'proq 
didaktik o'yinchoqlar, 
stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli 
o'yinlarni o'ynagan ma’qul.
Sayr 
davomida 
harakatli 
o'yinlarni, 
qurish-yasash 
o'yinlar ini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun 
maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida 
mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli 
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'Ilanilishining eng muhim 
pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi 
hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning 
ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin 
paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l 
vagoni bo'lishi mumkin.
Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham 
u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon 
bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-
319


hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazningyaxshiroq 
ochilishiga yordam beradi.
Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq 
orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini 
o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar 
o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda 
munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki 
kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, 
o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil 
etuvchi qirralardir.
O'yin g'oyasi - bu nima o'ynashni belgilab olish: "do'kon, 
"shifoxona”, "uchuvchilar", "bolalar muassasasi” va shunga 
o'xshashlar. O'yin mazmuniga, g'oyasiga qarab bolalarning 
bunday o'yinlarini bir necha o'ziga xos guruhlarga bo'linadi. 
Ular:
O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir 
o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin.
G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla- 
nishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har 
xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning 
qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari 
o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol
320


o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun 
ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan.
Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin 
bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir 
qatorda u bolalarni rivojiantirish va tarbiyalashning muhim 
vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, 
unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi 
talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta'lim- 
tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan 
narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin 
harakatlariga faol, ma'lum maqsadga qaratilgan, ijodiy 
xususiyatga ega bo'lishi kerak, Hamma va ayrim bolalarning 
qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, 
o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga 
muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand 
bo'lishlarini ta'minlash lozim.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi- 
ning hamma tomorilariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, 
xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik 
va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim.
O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari 
boyib, chuqurlashib boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, 
bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola 
o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, 
munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib 
qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. 
Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning 
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga 
boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi; 
mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, 
to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga 
bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir.
321


O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga 
munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni 
jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar 
o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda 
o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush 
oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni 
jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. 
Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab 
etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini 
yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Buridan tashqari 
faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari 
chiroyli bo'lishini ham ta'minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi 
bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, 
bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham 
keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni 
obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning 
avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol 
juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda 
avval o'rgangan ashula, she'r, raqs, topishmoqlardan keng 
foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni 
tarbiyalashda foydalanadi.
O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. 
Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 
daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan 
o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari 
uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi 
uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt 
beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish 
materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari 
o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham 
foydalaniladi.
322


Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik bola ulg'aygan 
sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning 
asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa 
mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga 
borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq 
uyg'onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki 
mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab 
etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish 
shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin