N. M. Kayumova


XIII BOB. O'YIN - BOLA FAOLIYATINING



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

311


XIII BOB. O'YIN - BOLA FAOLIYATINING
ASOSIY TURI
O'yinning bola faoliyatidagi mohiyati
va o'ziga xosligi
O'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomilla- 
shuv usulidir. O'yin kattalar hayotida muayyan o'rin tutar ekan, 
u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning 
hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi 
bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat 
va ta’lim bilan uzviy aloqada bo'lgan holda yetakchi faoliyat 
sifatida namoyon bo'ladi. Bola shug'ullanadigan ko'pchilik 
jiddiy ishlar o'yin shaklida bo'ladi. O'yinda shaxsdagi barcha 
mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, 
idrok etadi, o'ylaydi. O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida 
namoyon bo'ladi.
O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, 
etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan 
bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning 
mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida 
ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, 
o'sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar 
bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
YAKomenskiy, K.D.Ushinskiy, AS.Makarenko, P.F.Lestgaf- 
larning g'oyalari hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi 
uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega,
- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan 
ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun 
ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».
Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning 
tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb 
hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat 
ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda
312


borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va 
boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari 
bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va 
bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga 
bolalar o'yinlariga e'tiborli munosabatda bo'lishni, ularga 
oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan 
taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning 
rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda 
tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va 
pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali 
isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyida- 
gilarga rioya qilishi lozim.
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish
2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan 
jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat 
faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o'yin 
doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot 
o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma’lum 
maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat 
bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga 
xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati 
rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda 
shunchalik yaxshi o'qiydi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin