N. M. Kayumova


Sahnalashtirilgan o'yinlar



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Sahnalashtirilgan o'yinlar
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. 
Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi
roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa 
elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini 
uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar 
asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- 
harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki 
ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda 
mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, 
intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq 
amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita 
hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga 
o'rgatish usullaridan biridir. Ba'zi bir bolalarda badiiy asardan 
olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish 
ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola 
asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib 
berishga harakat qiladi.
330


Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida 
his etib; uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq 
kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab 
berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va 
asar qahramonida mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga 
intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy 
mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning 
yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib 
ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri 
aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha 
sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning 
mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik 
ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish 
orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish 
uchun ma'lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda 
aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil 
she'r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, 
tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. 
Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, 
balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab 
etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan 
har bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar 
«Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni 
sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy 
rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, 
sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks 
ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar 
sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, 
tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak 
qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday
331


o'rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha 
o'tkazish mumkin:
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun 
adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she'rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi 
kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning 
xili ham ko'p bo'lishi kerak.
3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she'r 
yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya 
teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari 
uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar 
namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun 
o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu 
bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi 
bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan 
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka 
doir rasmlar ko'rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar
hikoyalar 
ularga 
tanish 
bo'lib 
qolgandan 
keyingina 
sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi 
ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom 
ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, 
badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Sahnalashtirish 
o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. 
Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks 
ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar 
qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning 
kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. 
Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni
332


sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni 
yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday 
qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi, Mana shu asosda 
bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin