N. M. Kayumova


Bola tarbiyasida o'yinchoqning ahamiyati



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Bola tarbiyasida o'yinchoqning ahamiyati
Ko'pchilik bolalar o'yinlari xilma-xil o'yinchoqlardan foy­
dalanish bilan bog'liq. O'yinchoq bola hayotining yo'ldoshi, 
uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o'yin quroli, balki bola­
lar o'yinida sherik, o'rtoq, kattalar qo'lida esa tarbiyaning mu­
him qurollaridan biridir. O'yinchoq o'yin yaratishda ishtirok 
etadi, bolaning o'ziga xos sherigi sifatida namoyon bo'ladi, 
uning shaxsiga katta ta'sir o'tkazadi. U bolaga shunchalik 
yaqinki, bola o'z o'yinchoqlarini sevadi, ularga bog'lanib 
qoladi, shu tufayli u o'zini atrofdagi hayotning to'laqonli a’zosl 
deb hisoblaydi.
To'g'ri tanlangan o'yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga 
yordam beradi. Xalq pedagogikasida o'yinchoqlarning butun 
bir sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan 
o'yinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan.
"Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu 
g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap 
borganda, muhim bir masala haqida to'xtalib o'tish o'rinli 
deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan 
boqib, undan o'zgacha ma'no topishga intilayotgan murg'ak
352


farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo'g'irchoq 
va o'yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo'lib tuyulishi 
mumkin. Lekin har qaysi go'dak ilk bor olamni o'z atrofidagi 
o'yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo'lsak, 
ularning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos ekanligi ayon bo'ladi.
Farzandlarimiz 
milliyt hunarmandchiligimiz 
asosida 
yaratilgan o'yinchoqlarni o'ynashsa, ularning tarbiyasiga 
ijobiy ta'sir etgan bo'lar edik” degan fikrni mamlakatimizning 
Birinchi Prezidenti I.A Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengil- 
mas kuch" asarida ta’kidlaydi (156 bet). Darhaqiqat, go'dakning 
ulg'ayib kelajakda qanday yo'ldan borishi o'zining hayot 
tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham uning 
bolalikda qanday o'yinchoqlar o'ynagani bilan belgilanadi.Har 
bir xalqning o'yinchog'i o'zining pedagogik badiiy va amaliy 
an'anasiga egadir. O'yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat 
hissini tarbiyalashi lozim. O'yinchoqqa quyidagi talablar 
qo'yiladi:
Pedagogik talab. O'yinchoq obrazi va mazmunining bola 
tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g'oyasi nuqtayi nazariga 
mos kelishi, g'oyaviy jihatdan qimmatli bo'lishi pedagogik 
talabning muhim belgisi hisoblanadi. O'yinchoq bolada olijanob 
tuyg'ularni uyg'otishi, boshqa millat bolalari bilan do'stona 
munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob 
tuyg'ular uyg'otishi, ijobiy axloqiy tajriba to'plashga yordam 
berishi lozim. Bolaning faollikka bo'lgan intilishini qoniqtirishi 
va uni uyg'otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda
353


etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini 
aks ettiradi.
Gigiyenik talablar. O'yinchoq qanday materialdan va 
rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf 
solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan 
hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har 
tomonlama uyg'unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan 
to'ldirib, ta'kidlab, o'yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. 
O'yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh 
bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to'la mos kelmog'i 
lozim.
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy 
vabadiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolani 
aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o'yinchoqlarning butun 
bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir 
etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va 
uning xususiyatlariga, qurilishigk bo'lgan qiziqish shakllanadi, 
bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan 
ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usini 
uyg'otadi va ijobiy his-tuyg'ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his- 
tuyg'ularni shakllantirishda qo'g'irchoq muhim ahamiyatga 
ega. Milliy qo'g'irchoq bolalarni boshqa millatga mansub 
bo'lgan tengdoshlariga bo'lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash 
manbalaridan hisoblanadi. San'atning birinchi yorqin obrazli 
va eng tushunarli buyumi bo'lgan o'yinchoq estetik hislar va 
kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to'plashga yordam 
beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o'rinda bolalarga 
yaqin va tushunarli bo'lgan xalq o'yinchoqlarimng ahamiyatini 
alohida ta'kidlash lozim.
O'yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi 
va bolaning faol harakatga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. 
Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va 
muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
354


Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko'p o'yinchoqlar 
(shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq) 
bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash 
harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Syujetli-obrazli o'yinchoqlar syujetli-rolli o'yin uchun 
foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, mulo- 
yimlik, g'amxo'rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek 
kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o'ynay olish 
malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o'yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika 
asboblariga bo'lgan qiziqishni uyg'otib, ularni o'z o'yinlarida 
qo'llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita 
aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport 
turlari, aloqa vositalari) tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos 
harakatlarini tanishtiruvchi texnik o'yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o'yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash 
qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish 
uyg'otadi. Bu o'yinchoqlarni o'ynash buyumning asosiy
355


vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda 
g'ildiraklar 
harakatlanishi, 
eshik 
ochilishi]. 
Qurilish 
materiallari bilan o'ynaladigan o'yinchoqlarning asosiy 2 turi 
mavjud:
a] 
kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, 
plastinkalar, geometrik shakllar to'plami.
b) turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura 
va qurilish materiallari. Mayda (stol o'yinlari uchun] va yirik 
(polda va maydonchada) o'ynashga mo'ljallangan bu qurilish 
materiallarining rangi har xil bo'lishi mumkin.
Didaktik o'yinchoqlarning asosini xalq o'yinchoqlari tashkil 
qiladi. Ularni o'ynashda bola o'z-o'zini nazorat qiladi. Xilma-xil 
mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o'yin 
vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat
Harakatli o'yinlarga mo'ljallangan o'yinchoqlar: suv, qum 
bilan o'ynaladigan o'yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar, 
chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni 
jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o'yinchoqlar bolalarning 
musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini 
o'stirishga yordam beradi, Katta yoshdagi bolalar ertaklarni 
sahnalashtiradilar.
Qum bilan 

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin