Birinchi bob. Uyushgan qo’shma gaplarni nazariy jihatdan tahlili asoslari



Yüklə 74,45 Kb.
səhifə1/9
tarix16.12.2023
ölçüsü74,45 Kb.
#183674
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bitiruv malakaviy ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti


FILOLOGIYA FAKULTETI
TILSHUNOSLIK KAFEDRASI

IV bosqich ―B‖ guruh talabasi


N.Toshtanovaning


Qo’shma gaplarda uyushish hodisasi

mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: f.f.d.,prof.Sh.H.Shahobiddinova

ANDIJON - 2012



Qo’shma gaplarda uyushish hodisasi




Mundarija


Ishning umumiy tavsifi… 4
Kirish. 7
Birinchi bob.Uyushgan qo’shma gaplarni nazariy jihatdan tahlili asoslari. 11

    1. Qo’shma gaplarni nazariy o’rganish borasidagi muammolar 11

    2. Gap qurilishiga sistem yondashish va qo’shma gaplarning shakl-vazifa (formal-funkstional) jihatdan

tahlili asoslari 18
Ikkinchi bob. Uyushgan gaplar tahlili 26

    1. Uyushgan qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot 26

    2. O’zbek tilida uyushgan to’ldiruvchi ergash gaplar 39

Xulosa 45
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 52
Ishning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi.Uyushgan qo’shma gaplar masalasi bugungi tilshunoslikning dolzarb muammolaridandir.
Dastlab "uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nima bilan farq qiladi? " , "Sintaksisda hozirgacha ajratilmagan uyushgan gaplarni ajratishga qanday zarurat bor?" kabi savollar yechimini topish zarur.
Bu hodisaning uyushiq bo’lakli sodda gaplarga va qo’shma gaplarga, o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash zarurati bor. Bunday tuzilishli hosilalarni nima deb atash va qaysi kategoriya ichida o’rganish mumkin, qabilidagi savollarga javob berish lozim.Qo’shma gaplarini o’rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Shuning uchun turli tipdagi uyushgan qo’shma gaplarni o’rganish har qaysi til sintaksisini o’rganishning dolzarb masalalaridandir. Qo’shma gaplar tilshunoslikda keng tadqiq qilingan bo’lsa-da, uyushiq qo’shma gaplar borasida tadqiqotlar uncha ko’p emas.
Mavjud adabiyotlarda bir semantik gruppaga kiruvchi teng bog’langan bo’laklarning uyushib kelishi, uyushiq bo’laklarning sanash intonastiyasi bilan aytilishi, umumiy bo’lakka ergashishi va umumiy bo’lakni ergashtirib kelishi, uyushiq bo’laklarning bir xil so’z turkumi bilan ifodalanishi, bir xildagi so’roqqa javob bo’lishi kabilar qayd etiladi. Bu qayd etilgan fikrlar to’g’ri.
Lekin qo’shma gap tarkibiy qismlarining uyushishi borasida fikrlarga to’liq qanoat hosil qilib bo’lmaydi.
Uyushgan qo’shma gaplarning eng keng tarqalgan turilaridan bo’lgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarni qiyoslab aytib o’tilgan muammolar yuzasidan fikrlarni jamlash zaruriyati mavzu dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 74,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin