Birinchi bob. Uyushgan qo’shma gaplarni nazariy jihatdan tahlili asoslari



Yüklə 74,45 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü74,45 Kb.
#183674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bitiruv malakaviy ishi

-ganda shaklli fe’l (Gapning to’g’risini aytganda, siz ko’p o’qishingiz kerak) kabilar ishtirok etadi. Ergash gapda ifodalangan mazmunning tabiatiga ko’ra mazkur shakllar bilan bog’liq
«shart» va «payt» ma’nolari neytrallashadi. Bu hol, albatta, tushunarli, chunki mazkur predikatlar denotativ voqea ifodasida ishtirok etmagan.
Shunisi ham tabiiyki, modus ifodalovchi tizim ixchamlashishga moyil bo’ladi. Buni yaxlit gapda denotativ voqeaga qaraganda modusning nomuhimligi bilan izohlash mumkin. Ana shu nomuhimlik, aslida, tegishli so’z shakllaridagi ma’nolarning («shart», «payt» kabi) kuchsizlanishiga yoki neytrallashishiga olib keladi. Bu neytrallashuv ko’pgina ergash gapli qo’shma gaplarda juda aniq bo’ladi. Yuqorida keltirilgan Men senga aytsam, odamlarga yaxshilik qil, Keyingi masalaga kelsak, asosiy ma’ruzani kasaba uyushmasining raisi qiladi. Gapning ochig’ini aytganda, ishga jiddiy kirishmoq shart. Men o’ylaymanki, u bugun keladi kabi ergash gapli qo’shma gaplarda ana shunday neytrallashuvni ko’rish mumkin. Bu neytrallashuvga va gapning tegishli qismlarida ifodalangan modusning mantiqiy-mazmuniy tabiatiga ko’ra bunday shaklan qo’shma gaplar haqli ravishda kirish tizimli sodda gaplar sifatida baholanadi. A. G’ulomov kirish tizimlarning asosiy gapdagi fikrga bog’liq bo’lgan, shu haqidagi qo’shimcha mulohazalarni ifodalashini ta’kidlaydi. Uningcha, «bu mazmun ottenkalari juda xilma-xil: so’zlovchining aytilayotgan fikrga sub’ektiv munosabatini, shu fikrga bog’liq holda tug’ilgan emostiyalarni, fikrning umumiy bahosini va shu kabi holatlarni bildiradi»1. Bu ma’nolar biz modus tavsifi bilan bog’liq holda aytgan ma’nolar bilan mos keladi. Demak, kirish gap, kirish so’z, kirish tizimlarning semantikasi bevosita modusdan iborat. Modus ifodalangan va predikatlaridagi tegishli shakllar ma’nosi aniq neytrallashgan aksar ergash gaplarni kirish gaplar sifatida baholash bunday shaklan qo’shma gaplardagi mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlikni


1 Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек алабнй тнлн. Синтаксис. 3-нашри. Тошкент: Ўқитувчн, 1987, 155- бет.
bartaraf etadi. Chunki bunday holatdagi ergash gapning gapligi inkor etilmagan holda u qo’shma gapning sintaktnk tarkibidan tashqariga chiqariladi. Zero, kirish konstrukstiyalar so’zlovchining aytilayotgan fikrga munosabatini bildiradigan, lekin gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmagan elementlardir.
Yuqorida aytib o’tilganiday, modus ifodalovchi gaplar mohiyatan shakliy jihatdan ixchamlashishga moyil bo’ladi. Bu modus sifatidagi ma’noni nutqiy aloqa talabiga muvofiq, ta’kidlash darajasining katta yoki kichikligi bilan bog’liq. Ana shu darajaga mutanosib ravishda modus ifodalangan gapni predikativ tizim, hatto bir so’zgacha ixchamlashtirish mumkin.
Agar nutqiy aloqada modusni gap shaklida nfodalab alohida ta’kidlashga zarurat bo’lmasa, modusni ifodalovchi gap ixchamlanib boraverishi mumkin. Shuning uchun ham A. G’ulomovning yuqorida keltirilgan fikri asoslidir. Yana qiyoslaylik: Agar men sizga to’g’risini aytsam, siz bu erda turolmaysiz. Bu gapda -sa ning ma’nosi neytrallashgan emas, u to’la «shart» ma’nosini ifoda etgan, ya’ni qo’shma gapning har ikki kismida ham denotativ voqea ifodalangan, modus alohida gap bilan ifodalaigan emas. Yaxlit qo’shma gapning mazmuni ikki denotativ voqea o’rtasidagi shart munosabatidan iborat, ya’ni birinchi denotativ voqea (ergash gapda) ning amalga oshishi ikkinchi denotativ voqea (bosh gapda)ni keltirib chiqaradi. Gapning mazmuniy va shakliy jihatlari bir-biriga muvofiq keladi. Endi mana bu
gapni olib ko’raylik: Agar men sizga to’g’risini aytsam, siz bu erlarni ko’rmagansiz. Bu gapning ergash qismida modus ifodalangan va predikat ifodasidagi -sa (aytsam)ning «shart» ma’kosi neytrallashgan; bosh gapda esa (siz bu erlarni ko’rmagansiz) denotativ voqea ifodalangan. Shu ma’noda ergash gap mazmunan kirish gapga yaqinlashadi, bog’lovchi vosita -sa ham mazmun, ham grammatik jihatdan kuchsizlangan. Modusni ifodalovchi gapning ixchamlasha olish xususiyatiga ko’ra mazkur gapda quyidagicha shakliy ko’chim (transformastiya) ni amalga oshirish mumkin: Agar men sizga to’g’risini aytsam, siz bu erlarni ko’rmagansiz - Men sizga to’g’risini aytsam, siz bu erlarni ko’rmagansiz - Sizga to’g’risini aytsam, siz bu erlarni kurmagansiz - To’g’risini aytsam, siz bu erlarni ko’rmagansiz -To’g’risi, siz bu erlarni ko’rmagansiz. Ko’rinadiki, denotativ voqea ifodasi bo’lgan gap bilan qarshilantirilgan va mazmuni modusdan iborat bo’lgan. Agar men sizga to’g’risini aytsam gapi mazmunan to’g’risi shaklidagi kirish so’z bilan teng.
Umuman, ergash gapli qo’shma gaplarning tarkibida alohida gap orqali ifodalangan modus mazmuni mavjud bo’lgan barcha turlari uchun mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik xosdir. Ayni choqda bunday ergash gapli qo’shma gaplardagi modus ifodasining tabiatiga ko’ra ularda hamisha kirish tizimli gaplarga aylanish imkoniyati mavjud. Bu mazmuniy-sintaktik jarayon, ya’ni ergash gapli qo’shma gaplarning kirish tizimli gaplarga shakliy ko’chishi benihoya murakkab va o’ziga xos jiddiy jarayon bo’lib, unda bir qator mantiqiy-lisoniy qonuniyatlar amal
qiladi. Bunday qonuniyatlarni to’lig’icha ochib berish va tasvirlash alohida ish uchun mavzu bo’la oladi.
Bizni bu borada qiziqtiruvchi yana bir hodisa bir necha voqelikning o’zaro bog’lanib - uyushib ifodalanishidir.Sodda gaplarning qo’shma gapga transformastiyalanishidagi bu o’ziga xos holat yanada qiziqarli materiallar beradi.



Yüklə 74,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin