O’zbekiston tilshunoslari tomonidan qo’shma gap ancha ko’p o’rganilgan.O’zbek tilshunoslari A.G’ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov,R.Sayfullaeva bu sohada katta ishlar olib borgan. Uyushgan qo’shma gaplar borasida R.Sayfullaeva ishlari diqqatiga sazovor.
Tadqiqot ob’ekti o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli
konstrukstiyalarning o’ziga xos xususiyatlari.
Tadqiqot predmeti o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalar.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
Tadqiqotning maqsadi - o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarlarning o’ziga xos jihatlarini aniqlash.
Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi.
uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalar tushunchasiga ta’rif berish;
o’zbek tilida uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarni kuzatish.
Ilmiy tadqiqotnatijalarini "Nazariy grammatika", "Sintaksis"kurslarini o’qishda va maktab hamda kasb-hunar kollejlarida qo’shma gap mavzusini o’tishda qo’llash mumkin.
Ilmiyishningyo’nalishi. O’zbek tili
Tadqiqotningmetodologikasosisifatida O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimovning asarlari, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risidagi", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlari olindi. Xorijiy mashhur tilshunoslar N.D. Arutyunova, L.S.Barxudarov, A. V. Bondarko, I. I. Meshchaninov, O. Esperson, I. R. Galperin, E.V.Gulыga, E.I. Shendels, V.
G. Gak, O. I. Moskalskaya, N. I. Filicheva, N. Yu. Shvedova, M.I.Cheremisina, T. P. Lomtev va boshqalarning asarlari lingvistik metodologik asos sifatida foydalanildi.
Yurtimiz tilshunos olimlari A.Nurmonov, R.Sayfullaevalarning ilmiy ishlari malakaviy ishni yozishda muhim rol o’ynadi.