N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

o'ynash. 
Qum bolalarning o'ynashlari uchun eng 
qulay o'yin vositasi hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam 
holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo'yiladi:
a] qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi; b] qum 
faqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga 
xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o'ynashlari uchun bayroq­
chalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar. Bu o'yinlar bilan kichik 
yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni 
cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bola­
lar esa suvda cho'milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyat-
356


ni uyg'otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish 
uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart Kattalar yordamida 
qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning 
qiyofasini yasaydilar.
Milliy xalq o'yinlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashda milliy xalq o'yinlarining ahamiyati kattadir. Bu 
o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:
1. Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yinlari.
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qad- 
riyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlar- 
ga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelin- 
gan. U bolalarning jismonan baquwat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, 
chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil hisoblana­
di. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va 
madaniy rivojlanishining xarakter - xususiyatlari, urf-odatlari, 
an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jis­
moniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z 
Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdod- 
Iarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan 
zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, о'sib kelayotgan yosh avlod- 
da chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi 
shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida 
tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish 
yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o'yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va 
urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tar­
biyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli 
foydalanish;
- bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun 
jihozlar, atributlar) yaratish;
357


- maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar 
o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa- 
lar o'tkazish.
- Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga 
o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о ‘yin turlari. «Barmoq- 
qa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», 
«Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi bir-ikki qa- 
dam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga 
yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: "O't o'yin", 
"Kesak qo'ydi", "Ko'z boylag'ich”, "Choriy chambar”, "Awal- 
akam", "Tayoq irg'itish”, "Quloq cho'zish", "Chitti gul", "Xolam 
mehmonga keldi", "Uchdi-uchdi".
4-5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigon o'yin turlari: “Chir- 
Aylanma”, “Chillak", “Tortishmachoq”, “Lafta", "Dor o'yin", 
"Ko'pkari", "Berkinmachoq", "Jami", "Chertan devor gir-gir 
aylan".
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: "Chavandozlar", 
"Doiraga tort", "Do'ppi yashirma", "Sapalak", "Besh tosh", “Oq 
terakmi ko'k terak". Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqon- 
lik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, 
qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib bo­
riladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga 
tayyorlanib boradi.
Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda 
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur;
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh 
xususiyatlariga e’tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo- 
chirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda 
hayotga tatbiq etish.
358


5. 
O'yin 
davomida 
o'zaro 
munosabatlarni 
yanada 
mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga 
hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, aso- 
san, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. 
Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat 
va so'zlarning uyg’unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan: "Bar- 
moqlar”, “Sichqon - sichqon" o'yinlari orqali bolalarda xush- 
chaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o'sib bora­
di. Xalqimizda "Bolaning ilonni changallaydigan davrida” ibora 
bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon davrida, ya'ni 
yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi 
shu davrida "Sichqon- sichqon” o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon''ning 
harakatlanishidan 
qattiq 
zavqlanib, 
qiyqirib 
yayraydi- 
lar. "Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda 
chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka 
sichqon shakli va uning juda to'g'risida tasavvur hosil qilish­
ga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga 
kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo- 
chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu ja ­
rayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish ka­
bi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligi­
ni o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalanila­
di. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun- 
di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k 
sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan 
o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- 
nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida 
qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
359


Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po'choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq,
To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o'stirishga yordam 
beradigan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o'yin jarayoni­
da bolalar she'riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tar- 
zida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasawurlari, 
fikrlash doiralari kengayib, she'riy ohangda to'g'ri javob qay- 
tarishga o'rgatilib boriladi. Asosan, bu o'yinlar quyidagicha ja- 
ranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog'chaga ketar,
Sanab ko'r chaqqon,
Bizlar nechta jon?
O'zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo'lib, o'zining 
alyor-u qo'shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq 
orasida mashhur bo'lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida kelti- 
rish mumkin. Bu so'z o'yinlarida sodir bo'layotgan voqea-hodi- 
salar, kechinmalar she'riy ohangda ijro etiladi. Masalan: 
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi ma'rab,
O'z egasiga qarab.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'yinlar maktabgacha yoshdagi 
bolalarni ma'naviy axloqiy pedagogik - psixologik jihatdan tar- 
biyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin