Maktab o'quvchidan
- aqliy faoliyatning murakkabroq
shakllarini, axloqiy-irodaviy sifatlarning yuksakroq rivojlan-
gan darajasini, o'z xatti-harakatini boshqarish qobiliyatini,
katta ishchanlik qobiliyatini talab qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi
- Davlat
talablari asosida maktab talablariga muvofiq ravishda
maktabda o'qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat.
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash:
- Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim tarbiyaviy ishni
umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada
ta'minlanishi;
- Maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari
lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni
ta'minlashni nazarda tutadi.
Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes,
G.M.Lyaminya) va zamonamiz pedagog olimlari (F.R.Qodirova)
tomonidan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning quyidagi
jihatlari ta'riflangan:
• Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlik;
- Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik;
- Maktab ta'limiga maxsus tayyorgarlik.
Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda
quyidagi omillar muhim hisoblanadi:
375
- Bolaning maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyor-
garligi;
- Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi;
- Maktabgacha yoshdagi bolaning maktabda o'qishga
jismoniy tayyorgarligining.
I.
Maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyorgarlik
tushunchasi
- bola o'z xatti-harakat, iroda, hissiyotlar,
insonlarga nisbatan muloqot qilishda o'z fikrini ayta bilishi,
o'zini shaxs sifatida anglashi, o'qituvchi va sinfdagilar bilan
o'zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon
beradigan darajada erishish tushuniladi.
Maktabdagi
axloqiy-ma'naviy
tayyorgarlik
mazmuni
o'quvchi tutgan o'rindan kelib chiquvchi bola shaxsi va xulqiga
qo'yiladigan talablariga nisbatan aniqlanadi. Bu talablar:
- Tartibli va intizomli bo'lish;
- O'quv jarayonini mustaqil va mas'uliyatli bajarish;
- O'z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish;
- O'qituvchi va o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarda
madaniy xulq qoidalariga rioya qilish;
- Maktab mulkiga tartibli va ehtiyotkorona munosabatda
bo'lish.
Bu talablarni bajarishga tayyorgarlik, avvalambor, oilada,
maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan maqsadli,
tizimli ta'lim-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirilishi lozim.
Axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bola
shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon
bo'ladi. Bunda o'quvchi bilan ishlashda quyidagilarni hisobga
olish zarur:
- Xulq-atvorni ongli boshqarishga ko'maklashish;
- Dafatan asabiylashib ketishga erk bermaslik;
- Kutilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon
etishdagi yordam.
Bo'lajak o'quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojla
nish asosini Maktabgacha ta'lim yoshi oxiriga kelib tarkib
376
topadigan sabablar iyerarxiyasi, o'zaro bo'ysunuvchilari
tashkil etadi. Sabablarning o'zaro bo'ysunganligi bu yoshdagi
bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma'naviy
ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy, ongli
intilishga aloqadordir. Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolani
xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi,
ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-atvor turiga o'tishni
ta'minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib
topishi muhimdir. Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning qaror
topishida quyidagi uch jihat:
- Mustaqillik;
- Uyushganlik;
- Intizomlilik muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolada mustaqillikni tarbiyalash
va shakllantirish maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga
oshiriladigan barcha taTim-tarbiyaviy jarayonlarda o'z aksini
topadi. Bola maktabda o'z xulq-atvori va boshqa jarayonlarda
mustaqil bo'lishga intiladi. Mustaqillik bilan uzviy bog'langan
xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bola xulq-atvoridagi
maqsadga yo'nalganlik, ongli ravishda o'z xatti-harakatini
tashkil etish va uni nazorat qila olish kabi qobiliyatlar
tarkib topadi. Bu esa bolaning ma'naviy-axloqiy jihatdan
maktab ta'limiga tayyor ekanligni bildiradi. Maktabgacha
yoshdagi bolaning o'z tengqurlari va kattalar bilan o'zaro
munosabatlarini qoidalarga muvofiq ravishda tashkil etish -
ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismidir.
Bunda maktabda o'qish jarayonida o'z tengqurlariga nisbatan
xayrixoh, xushmuomalalik, g'amxo'rlik bildirish va hurmat
bilan munosabatda bo'lish, tashkilotchilik ko'nikmalari
shakllanadi. Shuningdek, o'quvchi bilan o'qituvchining o'zaro
munosabatida, o'qituvchining bahosi - o'quvchi bilimi va uni
o'quv majburiyatlarini bajarish sifatining holis mezoniga
aylanadi.
Maktabgacha axloqiy-irodaviy tayyorgarlik - bola ongi
va axloqiy-hissiy rivojining muayyan darajasi bilan ham
377
ifodalanadi. Bunda bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi
kattalar va tengdoshlariga nisbatan o'zaro hurmat bilan
qarash, kattalar bilan muloqot qilish doirasini kengaytirish,
taassurotlari bilan o'z hissiyotlarini o'rtoqlasha olish nizoli
vaziyatlardan mustaqil chiqa olish, jamoada o'zini tuta bilish
va o'z xatti-harakatini tanqidiy baholay olish kabi axloqiy
hissiyotlar va axloqiy o'z-o'zini anglash bola tomonidan
o'quvchining yangi ijtimoiy-psixologik mavqeyini ko'tarinki
ruh bilan qabul qilishni, o'quv mashg'ulotlarini bajarishning
muhimligini tushunishni ta'minlaydi. Bu esa o'quvchilarda
o'z vatani oldidagi shaxsiy mas'uliyat hissiyotini uyg'otishda
asos bo'Iadi. Bolaning axloqiy-irodaviy tayyorgarligi uning
mehnatga nisbatan munosabatida ham o'z aksini topadi. Bu
mehnat qilish ishtiyoqi, to'g'ri va tartibli bajarilgan mehnatdan
qoniqish hissiyoti, atrofdagilar mehnatiga hurmat va zarur
mehnat ko'nikmalarini egallashdir.
Bo'lajak o'quvchi mustaqil tartibli kiyinishi, o'z narsalari,
o'quv anjomlarini saranjom saqlash, orasta bo'lib ko'rinishi
kabi mehnat ko'nikmalarini u oilada va maktabgacha ta’lim
muassasasida egallagan ko'nikmalariga tayangan holda
amalga oshiradi. O'quvchini o'qitishda u maktabgacha ta’lim
muassasasida egallagan birgalikdagi mehnat malakalari ishni
rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o'z holatlarini o'rtoqlari
bilan kelishish, ishni oxiriga yetkazish katta o'rin egallaydi.
Xulosa qilib, bolaning maktabda o'qishga ma'naviy-axloqiy
tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlanti-
rishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo'Iadi. U maktab
ta'limi nuqtayi nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o'z
mazmuniga ko'ra bolaning maktab sharoitiga moslashish, o'z
majburiyatlarini mas’uliyatli bajarish, o'qituvchi va o'quvchi-
larga nisbatan axloqiy munosabatini shakllantirish uchun
zamin tayyorlaydi, Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlik bolani mak
tabda o'qishga aqliy va jismoniy tayyorgarligi bilan uzviy
aloqadordir.
Dostları ilə paylaş: |