kitobga qiziqishni tarkib toptirish, o'quvchilarda barqaror
o'quv qiziqishlari va maktabdagi o'quv jarayoniga mas'uliyatli
munosabatni hosil qilishning muhim zamini hisoblanadi.
Bo'lajak o'quvchini maktabga aqliy tayyorgarligida -
tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhimdir. Bunda
maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy va
pedagogik sharoitlarda olib boriladigan har tomonlama
ishlar asos hisoblanadi. Bolalarning tafakkur faoliyatlarini
shakllantirishda tahlil qilish, sintez, oddiy umumlashtirish,
qiyoslash qobiliyatlari tarkib toptiriladi.
Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini ta'minlashda
bola o'z amaliy faoliyatini mustaqil rejalashtirish va uni reja
asosida amalga oshirish ko'nikmasi, oddiy bilish vazifasini
qo'yish va uni hal eta olish ko'nikmalari rivojlantiriladi.
Bolalar muntazam ta'lim olish jarayonida, maktabgacha
davrning oxiriga kelib, o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy
qismlarini:
- Tushunarli o'quv vazifasini qabul qilish;
- Tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunish va aniq
bajarishni;
- Kattalar tomonidan ko'rsatilgan usullardan foydalangan
holda ishni bajarish va natijaga erishish;
- O'z xatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni
bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko'nikmasi;
- O'zining va boshqalarning ishlariga tanqidiy baho bera
olish qobiliyatlarini egallay olishlari;
- Tarbiyachi tomonidan qo'yilgan ma'lum talab va
qoidalarga ongli ravishda bo'ysunish ko'nikmasini tarkib
toptirish zarurdir.
M aktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi ko'nikmalar asosida
amalga oshiriladi:
1. Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik;
2. Bilish jarayoni: atrof-olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish
va uni anglash.
a} Elementar matematik bilim va ko'nikmalar;
Dostları ilə paylaş: