dunyoni to'g'ri anglay olish va umumiy
rivojlanishning zarur
darajasini ta'minlaydi, bu esa zamonaviy ta'lim mazmunini
egallashga katta imkoniyat yaratadi. Maktabda o'quvchilar
bilimlarining mazmuni yuqori darajaga ko'tarila borib,
voqelikning turli sohalariga oid bilimlarini yanada kengay tirish
va chuqurlashtirish jarayoni faol sodir bo'ladi, ayni shu vaqtda
o'quvchilar oldiga bilimlarni nazariy nuqtayi nazardan anglash
masalasi ko'ndalang qo'yiladi.
Maktabning ta'limiy jarayonida o'quvchilarda ilmiy
tushunchalarni shakllantirish bosh vazifa hisoblanadi.
O'quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarini tabaqalashtirish
1-sinfdan boshlab, fanni o'tishda, fan asoslarini maqsadli
o'rganishda o'z aksini topadi.
Bilimlarni kengaytirish,
chuqurlashtirish,
tizimli
hamda
ilmiy
tushunchalarni
o'zlashtirishda o'qishda qo'llaniladigan metod va shakllarning
ahamiyati kattadir.
O'qitish metodlardagi izchillikning sharti - ularni bolalar-
ningbilim, malaka vako'nikmalariniongli, mustaqil egallashlari,
bolalarni maktabda va maktabgacha ta'lim muassasasida
ham aqliy qobiliyatlari va ijodiy faolliklarini rivojlantirishga
yo'nalganligining birligidir. Maktabgacha ta'lim muassasasida
qo'llaniladigan o'qitish metodi va
usullari bolalarning keng
aqliy hamda ma'naviy-irodaviy rivojlanishlariga yordam
beradi va shu orqali ularning yangi mazmunini egallashga
darsda o'qituvchi bilan murakkabroq o'zaro aloqa shakllariga
tayyorgarliklarini ta'minlaydi. Mashg'ulotlarda tarbiyachining
bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik usullaridagi
bu istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik asosini
tashkil etadi. Maktabdagi dars va maktabgacha ta'lim
muassasasidagi mashg'ulot bir qator o'ziga
xos xususiyatlarga
ega, ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta'limning asosiy
shakllari sifatida ulargagina xos bo'lgan ichki umumiy
xususiyatlar majmuiga egadir. Bularga:
-
Mashg'ulot va darsning mazmunan dasturlashganligi va
vaqt jihatdan cheklanganligi;
372
- Ta'limda pedagogning yetakchi roli;
-Ilm iy asoslangan
o'qitish
metodi va usullaridan
foydalanish;
- Ta'lim jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot
texnologiyalarini qo'llash.
Bu umumiy xususiyatlar ta’lim shakllaridagi izchillik uchun
zamin yaratadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi o'qitish jarayonida
bolalarda o'quv faoliyatning dastlabki elementlari tarkib
toptiriladi, o'z xatti-harakatlarini
ixtiyoriy boshqara olish
ko'nikmalari, maqsadgayo'nalgan aqliy faoliyat takomillashadi,
bu esa bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlariga faol
kirishib ketishi uchun zarur bo'lgan psixologik jihatdan
tayyorlaydi.
Xulosa qilib, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda
ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola
shaxsini rivojlantirishni amalga oshirishda muhim omil bo'lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: