fuqarolik hissiyoti asoslari:
vatanparvarlik, mehnat ahliga
hurmat, mamlakat xalqlarini sevishni tarkib toptiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini
tizimlashtirishning asoslari: jonli
va jonsiz tabiat hodisalari,
o'simlik va hayvonot dunyosi, o'z tana a'zolari,
ularning
tuzilishi va xususiyatlari,
yashash muhiti, himoya vositalari,
oziqlanishi haqida bilim beriladi.
Bolalarda kattalar mehnati
haqida bilimlarni shakllantirishda tizimlashtirishning asosini
mehnat buyumlari, kishilar ehtiyojini qondirish uchun mehnat
mahsulotlariga aylantirish aloqalarini tushunish tashkil etadi.
Mashg'ulotlarda o'zlashtiriladigan bilim va ko'nikmalar
bolalarning amaliy faoliyatlari bilan bog'lanadi. O'lchash
usullarini bolalar o'yin va mehnat faoliyatida o'simliklar va
ularni parvarish qilish haqidagi bilimlarni tabiat burchagidagi
navbatchilikda, gulzordagi mehnat ishlarida,
turli material
xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni o'yin va qurish-
yasash va boshqa faoliyat turlarida qo'llaydilar.
Maktab ta’limiga tayyorlashda bolalar
faoliyatini tashkil etishning ahamiyati
Zaruriy faoliyatning barcha turlarini
yanada takomillash-
tirish va shu asosda qimmatli ma'naviy sifatlar: mustaqillik,
uyushganlik,
jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi
bolalarni tarbiyalashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Faoliyatga qatnashish maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini
shakllantiradi. Tarbiyachining rahbarligi
faoliyat mazmunini
va uni amalga oshirish usullarini yanada boyitishga, faoliyatni
birgalikda rejalashtirish, faoliyat
jarayonida hamkorlik
hissi, umumiy intilishlar bilan ma'lum natijalarga erishish
xulosalarini shakllantirishga yo'llangan bo'Iadi.
Dostları ilə paylaş: