N. M. Kayumova


Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi 
- maktab ta'limi 
nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam qo'yayotgan bola psixik 
rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarining majmuasi 
bo'lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi, 
o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur 
operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning 
o'quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy 
rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi 
asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Bolaning maktab
384


ta'limiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari 
bolani sinf jamoasiga olib kirish, o'quv materiallarini ongli- 
faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab 
oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni yangi psixologik 
mavqelarini yaratishdan iborat bo'lib, uning xususiyati 
guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatii bo'lgan kelajakda 
maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, 
qiziqishlari, mtilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar 
undan bolalar jamoasining umumiy maqsad - maktabga puxta 
tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o'tish bolalarda yangi holat -
kattaliklarini anglashlariga asoslangan "yetuklik" hissiyotini 
yaratadi. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning 
katta ekanliklaridan faxrlanish, o'quvchi bo'lishga intilish, 
xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik 
hissini tarkib toptiradi.
"Ilk qadam" dasturida belgilab qo'yilgan ijtimoiy-hissiy 
rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va 
tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o'z 
fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o'z hissiyotlari bilan 
o'rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so'z bilan ifodalashi, 
jamoada o'zini tuta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'zini 
hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, "men" konsepsiyasi, 
kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish kabilar 
psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi 
bolalarda o'zidan kichiklarga g'amxo'rlik hissi jadallik bilan 
rivojlanadi. Шаг uchun sovg'alar tayyorlash, "konsertlar" 
uyushtirish, birgalikdagi o'yin faoliyatlari bo'lajak o'quvchi 
uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishlar bo'lajak o'quvchining 
ma'naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari -
xayrixohlik, saxiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib 
toptiradi. 
,
Tayyorlov guruhi bolalar mavqeyidagi o'ziga xos xususiyat 
ularning ijtimoiy zonasini kengaytirishdir. Shunday qilib,
385


maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeyida bo'lajak 
o'quvchilarda ma'naviy sifatlarni shakllantirishning katta 
imkoniyatlari mavjuddir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin