N. M. Kayumova


Pedagogdan quyidagilar talab etiladi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Pedagogdan quyidagilar talab etiladi:
- Bolalar qanday bo'lsa shunday qabul qilish;
- Bolaning o'z maqsadiga erishishiga yordam berish;
- Bolalarning qanday qobiliyatga ega ekani va o'z guruhida 
qanday ta'lim olayotganini bilish tarbiyachi ta'lim jarayonini 
rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang'ich asos bo'lib 
xizmat qiladi;
-Agarpedagogbarchabolalargabirxil tarzda yondashadigan 
bo'lsa, ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi;
-Pedagog bolalar faoliyatining barcha yo'nalishlari turli 
mashg'ulotlar bilan shug'ullanishini muntazam kuzatib borish, 
ularning qobiliyati, qiziqishlari talab-istaklari haqida bilishga 
intilishi kerak;
- Pedagog ana shu ma'lumotlarga tayangan holda bola 
rivojlanishida ijobiy o'zgarishlarga erishishi uchun shu 
faoliyatini rejalashtiradi va qo'llayotgan usullarini ta'lim 
jarayoniga moslashtiradi;
- Materiallar va mashg'ulotlar bolalar biladigan va qilishni 
o'rgangan narsalargagina emas, balki yangi ko'nikma va 
tushunchalar hosil qilish uchun ulardan muayyan harakat
intilish talab qiladigan mashg'ulotlarga asoslangan ta'limgina 
kutilgan muvaffaqiyatni keltiradi;
410


- Ta'lim maqsadlari bolalarni ushbu yoshdan guruhi uchun 
tushunarli va amalga oshirishi mumkin bo'lishi kerak. Yangi 
ko'nikmalarni amaliyotda takomillashtirish uchun bolalarga 
keng imkoniyatlar vujudga keltirilishi zarur.
Ta'lim maqsadlariga erishish uchun bolalarga beriladi­
gan yordam.
- Odatda bolalar yangi, masalan, zinapoyadan zinalarni 
sanash va shunga o'xshash ko'nikmalarni o'z tashabbusi bilan 
amaliyotda mustahkamlaydi;
- Yangi ko'nikma mukammallik darajasigayetkazilishi bilan, 
ta'limni davom ettirish uchun bolalarga yangi vazifa kerak. 
Ammo bu vazifalar ham amalga oshirilishi mumkin bo'lishi, 
bola uni uddalay olishi zarur.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin