N. M. Kayumova


Maktab ta'limiga tayyorlashda ta'lim-tarbiyaviy



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktab ta'limiga tayyorlashda ta'lim-tarbiyaviy
jarayonning o'rni va o'ziga xos xususiyatlari
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim 
muassasasida tashkil etiladigan ta'lim-tarbiyaviy jarayonlar 
o'ziga xos xususiyatga ega. Bu o'ziga xoslik maktab ta'lim- 
tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirish emas, balki bolalarning 
maktabda muvaffaqiyatli o'kishi uchun zarur bo'ladigan 
og'ishmay shakllantirishga mo'ljallangan faoliyat va xulq- 
atvorni maxsus tashkil etishdir. Bu bolalar faoliyatining barcha 
turlarini murakkablashtirishda, bolalar tomonidan amalga 
oshirishning murakkab usullarini egallashlarida, faoliyat 
jarayonida hamkorlikning yangi usullarini o'zlashtirishda, 
bolalar faoliyati va xulq-atvorining jamoatchilik yo'nalishini 
rivojlantirishda, ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda 
namoyon bo'ladi. Bu jarayon bo'lajak maktab majburiyatlarini 
hisobga olib talablarning so'zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. 
O'z ahamiyatiga ko'ra bolalarning mustaqilliklari, o'yin, o'qish 
va mehnatning sifat va natijaliligi birinchi o'ringa chiqadi. Bu 
quyidagilarda namoyon bo'ladi:

Kun tartibining o'zgarishida - bola yuvinish, kiyinish, 
ovqatlanish jarayonlarini tez sur’atda bajarishga o'tadi, 
faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezroq moslashadi. 
Tarbiyachining bolalar bilan muloqot usuli o'zgaradi, 
o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatiga xos ayrim 
xususiyatlarni kasb etadi(bolalarga qo'yiladigan talab ortadi, 
ularda mustaqillik rivojlanadi). Bolalarni maktabga tayyorlash 
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga, 
o'qishga ishtiyoq, qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bu 
o'rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash 
maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim.
386



Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mashg'ulotlar vaqti 
ortadi. Bunda bolalarni voqelikning turli sohalari haqidagi 
tasavvurlarini yanada kengaytirish va to'g'ri dunyoqarashni 
shakllantirishga oid ishlar olib boriladi. Bolalar bilimlarini 
o'rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda 
munosabatlarni ajratish asosida yanada umumlashtirish va 
tizimlashtirish muhim vazifa hisoblanadi.
Bolalarni maktabda o'qishga tayyorgarligining yana bir 
muhim tomoni - atrof-olam, narsa va hodisalarni tegishli 
mezonlarda umumlashtira vatabaqalashtira bilish hisoblanadi . 
Istalgan o'quv fanini egallash bolada mazkur o'quv o'quv fanida 
ko'rib chiqilayotgan voqelikhodisalarini ajratish va uni o'z bilish 
obyektiga aylantirish qobiliyatining mavjud bo'lishini nazarda 
tutadi. Bu tizimlashtirish, umumlashtirish, tahlil qobiliyati 
ma'lum darajada rivojlanishini talab qiladi. Asosiy maqsad
- olingan bilimlar ko'magida mazkur masalalarga nazriy 
yondashuv masalalarini shakllantirishga yordam beradigan 
umumiylashtirilgan tasavvur va elementar tushunchalarning 
tarkib topishini ta'minlashdir.
Bolalarning 
maktabda 
savodini 
chiqarish 
uchun 
tayyorgarlikka oid jadal ish olib boriladi, bu sohalar 
bo'yicha dastur talablarini egallash, keyinchalik matematik 
rivojlanishlari 
muhim 
bo'lgan 
butun 
sonlar 
qatori, 
qonuniyatlari, bolalar uchun yangi voqelikning miqdoriy 
tomonlarini bilish vositasi sifatida o'lchov faoliyati, qism va 
butun, o'lchov va o'lchash o'rtasidagi funksional bog'liqliklar va 
shu kabilar haqidagi qoidalarni anglashlarida yordam beradi. 
Bular bolalarning 1-sinfdagi matematik bilimlar mazmunini 
ongli, faol egallashlarini ta'minlaydi.
Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik mashg'ulotlarida - 
bolalar nutq va til voqeligi sifatidagi yangi lingvistik munosabat 
asoslarini o'zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan nutqning 
tuzilishi, uning og'zaki va tovush tarkibini oddiy o'zlashtirish 
sodirbo'ladi,so'ztilvoqeligideganilktasavvurtarkibtoptiriladi. 
Kesma harflar yordamida tovush-harf, bo'g'in tuzishga va uni
387


o'qishga o'rgatiladi, namunadagidek turli so'zlarni yozish, 
chizish masalalari shakllanadi. Bolalar tegishli atamalar: gap, 
tovush, bo'g'in, harf, so'z tarkibi kabilarni egallab oladilar. Bu 
ish maktabda savodni egallash va ona tilini o'rganishda muhim 
ahamiyatga egadir.
Mashg'ulotlar jarayonida bolalarning analitik-sintetik 
faoliyatlarini 
rivojlantirishga 
tahlil, 
umumlashtirish, 
qiyoslash, tasniflash usullarini takomillashtirishga doimo 
e'tibor qaratiladi. Bunda bolalarni bevosita bilishdan bilvosita 
bilishga ko'chirishning roli kattadir. Bu yoshdagi bolalar 
kattalarning miqdoriy o'zaro munosabatlarining o'lchashlar 
vositasida aniqlashni, narsalarni ko'rib chiqish yoki qiyoslashda 
kuzatishlar 
chizmalaridan 
foydalanishni, 
narsalarning 
sifat va xususiyatlarini baholashda ijtimoiy ishlab chiqilgan 
etalonlardan foydalanish kabilar o'rganib boriladi.
Mashg'ulotlarda bolalarda o'quv faoliyati va uyushgan xulq- 
atvor malakalarini maqsadga muvofiq shakllantirish davom 
ettiriladi. Bunda bolalarning:
- O'quv vazifalarini qabul qilish ko'nikmalari;
- Tarbiyachining tushuntirish va ko'rsatmalariga muvofiq 
harakat qila olishlari;
- Butun mashg'ulot davomida mashg'ulot mazmuniga 
qiziqish;
- Diqqat-e'tiborni saqlash;
- Ishni oxiriga yetkaza bilish;
- Vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa 
muvofiq baholash;
- Tarbiyachi savollariga baland ovozda mantiqli javob berish;
- O'z fikrini tushunarli va savodli ifodalay olish jihatlari ish 
samaradorligi belgisi hisoblanadi.
Tarbiyachi bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ular 
o'z faoliyatlarini rejalashtiradi hamda izchil tarzda o'rganib 
boradi. Bu ko'nikmalar barcha faoliyat turlarida amalga 
oshirilib, bolalar dastavval tarbiyachi tomonidan taqdim 
etilgan reja asosida harakat qilishni, so'ngra tarbiyachi bilan
388


birgalikda reja tuzishni, so'ngra o'z faoliyatlarini mustaqil 
rejalashtirishni o'rganadilar. Bolalar faoliyatining natijaliligiga 
talab ortib boradi. Tarbiyachi ish natijalarni baholashda 
quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
- Bola tomonidan topshiriqni bajarishdagi aniqlik;
- Bajarilgan ish sifati;
- Ishning zarur sur'atini saqlash ko'nikmasi;
- O'zini-o'zi nazorat qilish.
O'zini-o'zi nazorat qilish ta'sirini tarbiyachi asta-sekin 
natijani nazorat qilishdan topshiriqni bajarish jarayonidagi 
harakat usullarini nazorat qilishga va so'ngra nazoratdan 
oldingi elementlarga tomon rivojlantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya va 
pedagogik jarayonlarda o'qitish muammolarini ilmiy asosda 
ishlab chiqqan pedagog olimlar (A.P.Usova, N.B.Mchedlidze, 
V.I.Loginova, Yu.K.Batanekib va boshqalar] 
"Pedagogik 
jarayon yaxlit, dialektik va rivojlanuvchi hodisadir. Uning 
rivojlanish jarayonida asosiy tashkil qiluvchi qismlari: tarbiya 
va o'qitish, bolalarning uyushtirilgan va mustaqil faoliyatlari, 
ayrim faoliyat turlari [o'yin, o'quv, mehnat] o'rtasidagi nisbat 
o'zgaradi” - deb ta'riflanadi14.
Tarbiyachi bolalarga tanishtiradigan ijtimoiy hodisalar 
sohasi jiddiy kengayadi. O'zbekistonning qadimiy shaharlari, 
Buyuk Ipak yo'li, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i, 
madhiyasi haqida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan boshqarilishi, buyuksiymolar, mashhur sarkardalar, 
xalq amaliy san'ati, an'anaviy bayramlar haqidagi bilimlarga 
tayanadi.
"Konstitutsiya 
saboqlari" 
bu 
ilk 
iqtisodiy 
tarbiya 
mashg'ulotlari orqali bo'lajak o'quvchilarda huquqiy ong, 
huquqiy 
madaniyat, 
huquqiy 
tarbiya 
shakllantiriladi. 
O'zbekistonning o'z milliy so'mi va iqtisodiyot saboqlarining 
ilk elementlari hodisalarga qiziqishlarini rivojlantiriladi,

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin