N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning
shakllari va amalga oshirish metodlari.
Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab 
o'zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi 
munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va 
tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki kechinmalarni 
seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.
Maktabgacha yoshda boialar o'yin faoliyatini o'zlashtira 
borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyor- 
lana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan 
pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.
2. Hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy 
va intellektual muammolarni yo'qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni 
tavsiflovchi (diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllanti­
ruvchi o'yinlar.
Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijti­
moiy va psixologik o'yinlar.
363


Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta'lim-tarbi- 
yaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, 
hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik
musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkor- 
lik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari [koptok, pirami- 
da, kub va boshq.] bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin 
vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida, 
xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor 
o'yinlari kabi texnik vositalar.
Maktabgacha ta'limda yoshi kattalarning to'plagan tajriba- 
sini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o'yinlar ta'lim 
metodi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin metodlariga qarab mak­
tabgacha ta'lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli- 
ishchan, dramalashtirilgan o'yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha ta'limda rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlarni 
o'quv tarbiya jarayonida qo'llash quyidagi o'ziga xos xarakter- 
ga ega bo'ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar 
maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo'ladi. Ikkinchi- 
dan, o'yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g'ishtchalar, 
kvadratlar, plastilin, karton qog'ozlar, konstmktor-mexanik 
majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar 
vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar musta­
qil bajarilishini ta'minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga to- 
mon, aniq vaqt oralig'ida sifatli bajarilishini ta'minlash darkor.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida interfaol o'yinlardan 
foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida 
bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining 
asosiy vazifasi esa o'yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit 
yaratishdan iborat.
Interfaol o'yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to'g'ri ba- 
yon etishga, boshqalarni tinglashga o'rganadi, boshqacha qilib
364


aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun 
zamin bo'lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o'yinlarni 
samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish 
lozim:
1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini 
qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan 
munosabatlarini hisobga olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini 
e'tiborga ohsh.
4. O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan 
foydalanish.
5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.
7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bi­
lish.
8 .0'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish 
va natijalarini prognoz qilish.
Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bola­
ning axloqiy irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga 
unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish 
uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida 
o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologi- 
yaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy tarz- 
dagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish 
kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro 
bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bi­
lan farq qiladi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy 
asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin