Qurilish o'yinlari
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi.
Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi
taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar
yasaydilar, bunyod etadilar.
Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari
bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o'rta guruh yoshidagi
bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog'lanib ketadi.
Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda
bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar,
inshootning qurilishiga asos bo'lib xizmat qilgan tasavvur
bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga
imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga
yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan
iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini
yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni
amalga oshirib bo'lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va
ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga
ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy
usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.
Qurilish
materiallari
bilan
o'ynaladigan
o'yinlarda
bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi
rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari
bilan tanishadilar.
Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin
bo'lib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari
bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar tafakkurini rivojlantiradi:
kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib
333
ko'rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o'xshash va
farq qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni
to'g'ri hal qilishga o'rgatadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar geometrik
jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy
nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, o'ng-chap, uzun-qisqa,
keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o'yin
orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash
vazifasi ham amalga oshiriladi.
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar,
natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari
bilan o'ynash bolalarning ma'naviy dunyosiga ham ta'sir etadi:
bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning
xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini
tushuntiradi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarda
mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob-
garlikni his etgan holda munosabatda bo'lishi hamda irodaviy
sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u bolalarga
zo'r zavq-shavq bag'ishlaydi.
Bolalarni ba'zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish
orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi.
Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan
qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, balki qurilishning
borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning
o'zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega.
O'yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan
o'ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit
yaratish zarur.
1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda
o'ynashi uchun yetarli bo'lishi kerak.
2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni
quradigan va bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan
joy bo'lishi kerak.
3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida
xonachalari bo'lgan g'ildirakli shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar
334
xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf ichini tartibli
saqlash zarur.
4. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda
o'yinchoqlar, o'yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar,
transport bo'lishi mumkin.
5. Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim
kerakli material bo'lishi zarur.
6. Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning
har xil turlarini tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo'lishi
kerak.
7. Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu-
nalari tasvirlangan albom.
8. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan
kuzatish kerak.
9. Qurilish usullarini o'rgatish lozim.
10. Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir
necha kungacha hatto undan ko'proq muddat saqlash kerak.
Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni
qurish-yasashga o'rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni
qo'llaydi:
1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib
ko'rsatadi.
2. Tarbiyachi bir on narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga
kirgan har bir qismni tahlil qilib beradi.
3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.
4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini
yasashni, qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi
bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi].
5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni
bolalarga qurib bitkazishni taklif qiladi.
6. Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.
7. Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini,
nimalar, qanday detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.
335
Qurish-yasash
usullari
bolalarga
mashg'ulotlarda
o'rgatiladi.
Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari
bilan o'ynaydigan o'yinlariga rahbarlik usullari ularning
yoshiga bog'liq. Kichik guruhda bolalar uncha murakkab
bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish
materiallari zarur. Bitta stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi
mumkin. Stol ustini qurilish materiallari egallab olmasliklari
uchun stolningu boshi bilan bu boshigapastgina skameykayoki
taburetka qo'yiladi. Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini
yashigi bilan qo'yib qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida
bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, ikkinchidan,
bolalarga yashiklardan kerakli qurilish materiallarini olish
qulay. Bog'cha maydonchasida o'ynash uchun kub, gula,
silindrga o'xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish
zarur.
Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham bo'lishi
kerak. Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar
qurish uchun kvadrat/to'g'ri burchak, har xil o'rtasi teshik
dumaloq shakldagi faner parchalari bilan to'ldirish lozim.
Bolalarning qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun
tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, qo'g'irchoqlar
ham kerak bo'ladi. Tarbiyachi bu materiallardan nima qurish
mumkinligini bolalarga ko'rsatadi: qo'g'irchoqqa stol, stul,
karovatyasash, ular uchun bog' va bog'ning ichiga skameykalar
qo'yish, mashinaga garaj yasash va hokazo.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish
uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o'ynaydi va bu
materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib
turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam
ustida, yozda esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
MTM maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor
bilan o'ynash katta o'rin egallaydi.
336
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning yozda o'ynashlari
uchun yaxshi material. Har bir guruh uchun ikkitadan qum
yashigi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar
o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Qumda o'ynash uchun turli
xil o'yinchoqlar kerak bo'ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan
mayda tunuka mashinalar, rezina yoki sellyuloiddan yasalgan
odamchalar, hay vonlar shakli, plastilindan yasalgan qo'g'irchoq
mebeli, qurish-yasash materiallari, uni bezaydigan narsalar:
har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 4\10 sm) va
yog'och kaltakchalar (10,15, 20 sm) hammasi har xil rangdagi
moyli bo'yoqqa bo'yalgan bo'lishi kerak. Shu materiallarni
bolalar qumga o'rnatib yo'llar, hay vonlar uchun saroy va
devorlar qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina
bayroqchalar kerak bo'ladi. Qumni kovlash uchun bolalarga
kichkina yog'och kurakcha beriladi.
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o'yinlari
maxsus qirg'og'i ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum
bilan o'ynashda gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum
har doim toza va nam bo'lishi, bolalar jazirama quyosh tagida
o'ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda oldiga ma'lum
maqsad qo'ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi
«quradi» va bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni
to'plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi.
Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan
bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi,
uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni o'zgartirish uchun
o'yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish kerak:
mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog'i va
boshqalar. Tarbiyachi o'yinga kichik bolalarning hammasini
jalb etishi kerak.
O'rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko'p to'kiladi,
Yashik oldiga buferda ham o'yinchoqlar uchun javoncha bo'ladi.
Bu yoshdagi bolalar o'yinning mazmuni murakkablashib
337
borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar
qurish mumkinligini ko'rsatib, bolalarga ko'maklashadi,
ularning o'yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar.
Shuning uchun bu guruh bolalarining qumi yashikda emas, balki
bog'cha maydonchasining biron joyiga ancha ko'p miqdorda
to'kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo'lishi
kerak. O'yinga qo'shimcha materiallar: tabiat materiallari,
ip, yog'och, faner va boshqalar ham zarur. O'ynab bo'lgandan
keyin bularning hammasini maxsus ajratilgan joyga olib borib
qo'yish kerak. Bolalar shahar ko'chalarini, xo'jalik dalasi,
hayvonot bog'i, baland binolarni quradilar. Buning uchun
qumdan, loydan va tabiat materiallaridan foydalanadilar.
Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni ko'rsatib
beradi.
Suv bilan o'ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko'rishadi.
Ularning suv bilan o'ynashlari uchun bog'cha hovlisida maxsus
suv havzasi tashkil qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma
ustiga vanna o'rnatiladi. Suv bilan o'ynash uchun sellyuloiddan,
rezinadan yasalgan o'yinchoqlar: baliqchalar, o'rdakcha,
g'ozcha, vannasi bor qo'g'irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va
sotib olingan], suvda suzib yuradigan narsalar kerak.
Kichik bolalarning suv bilan o'ynaydigan o'yinchoqlari
oddiy bo'lib, unda o'yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar.
Bolalar suv bilan o'ynab kichkina-kichkina syujetni aks
ettiradilar: baliq va o'rdakchalarni ovqatlantirib, qo'g'irchoqni
vannada cho'miltirishadi, qayiqda yo'lovchilarni uchirishadi.
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha
murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi,
poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan
o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi. Suv bilan o'ynash
natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho'kib,
nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan o'ynash juda foydali,
shuning uchun bolalarning guruh-guruh bo'lib suv bilan
o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
338
Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan
o'ynash bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi.
Har bir bolada yog'och belkurakcha va qorni tashish uchun
yashikcha bilan chana bo'lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar
yig'ib qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan
kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to'kilishini kuzatishadi,
yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |