Badiiy asar tahlilida pedagogik texnalogiyadan foydalanish g‘afforova Durdona



Yüklə 49,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü49,52 Kb.
#194982
  1   2
36-40



36 
BADIIY ASAR TAHLILIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYADAN 
FOYDALANISH 
 G‘afforova Durdona 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 
Pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta‘lim 
2-kurs 3-bt -21 guruhi talabasi
Gafforovadurdona@gmail.com 
Atamurotova Qunduzoy Abdugʻaniyevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 
Pedagogika fakulteti
boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
atamurotovaqunduzoy@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda badiiy asar tahlili va 
o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari haqida fikr 
yuritiladi. 
Boshlang’ich 
sinflarning 
o’qish kitobidagi badiiy asarlar 
o’quvchilarning o’qish malakalarini takomillashtiradi, ularning shaxs sifatida 
umumiy kamol topishiga xizmat qiladi. Shunday ekan atrof-muhit haqidagi 
bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning 
samarali vositasi sifatida qaraladi. Bu esa o’z navbatida fan doirasida, ta’lim 
sohasida badiiylikka qiziqishni uyg’otadi. 
Kalit so’zlar: badiiy asar, badiiy asar tahlili, badiiylik, ongli fikr yuritish, 
hikoya, ertak, boshlang’ich ta’lim, ijodiy fikrlash.
Barchamizga ma’lumki, O’zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha 
sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi 
ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich yo’lga qo’yilib kelinmoqda. Ayniqsa, ta’lim 
sohasida ham tub o’zgarishlar, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yosh 
avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishi, ulg’ayishi, teran fikrlar yuritishi, 
o’z o’rniga ega bo’lishi har bir jabhada olayotgan tarbiyaning bugungi O’zbekiston 
kelajagi uchun voyaga yetishida imkoniyatlar eshigini keng miqyosda ochib 
bermoqda. Shunday ekan, bilimli va tarbiyali yoshlar yurtimizning kelajagidir. Bu 
borada Sharq donishmandlari aytganlaridek, Eng katta meros bu yaxshi tarbiya, 
Eng katta qashshoqlik esa-bu bilimsizlik -Shunday ekan, o’z ustimizda tinmay 
ishlashimiz kerak”,-deb aytganlar Shavkat Mirziyoyev [1]. 


37 
Ko’rib turganimizdek bilim, ta’lim va tarbiya barchasi yaxlit tizimdir. Bularni 
barchasini bola ona qornidan boshlab toki oila, mahalla-kuy, ilm maskani va shu 
jarayonda hayot saboqlari davomida barchasiga ega bo’lib boradi. Bu o’z 
navbatida yosh avlodning Vatanni sevish, oqil inson bo’lish, ota-onaga hurmat, 
keksalarni ulug’lash, jamiyat bilan hamnafas yashashga zamin hozirlaydi. Biz 
maktab dargohiga qadam qo’yar ekanmiz, ta’lim va tarbiyani birdek 
o’rganmog’imiz, eng samarali yo’lni tanlashimiz, yurtga munosib farzand bo’lish 
va yetuklik sari ilk qadamlarni tashlamog’imiz darkor. Boshlang’ich sinflarda 
o’quvchilar hayotida o’qituvchi, ot-ona va oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki ular 
bolaga ilk tarbiyani berish bilan birga, ularning har tomonlama yetuk, barkamol 
qilib tarbiyalash, bu orqali sog’lom fikrlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi namuna 
bo’la oladigan yoshlarni tarbiyalashda o’z hissalarini qo’shadilar. Bugungi kunda 
o’g’il-qizlarning zamonaviy bilim olishlari, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishi 
uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Buni 
biz boshlang’ich sinflar uchun yaratilgan yangi dastur va darsliklarda ko’rib 
guvohi bo’lishimiz mumkin. Shunday ekan, har bir jarayon bolaning kitob o’qishi, 
unga oshno bo’lishi bilan bog’liq. Ichki olamimizni hech narsa kitobchalik benazir 
boyita olmaydi. Ruhiyatingizni hech narsa kitobchalik o’qish, o’rganish, 
mehnatchalik muvozanatga, to’g’ri yo’lga sola olmaydi. Kitob ham bilim manbai, 
ham o’zingizni ko’rish, taqqoslash, taqlid qilish, bahslashishda ma’lum darajada 
ko’zgu vazifasini o’taydi. Ayniqsa, Respublikamiz mustaqillikka erishganidan 
so’ng boshlang’ich sinflar uchun o’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga 
ko’proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq 
turlaridan, 
texnika 
vositalaridan 
foydalanishga 
ko’proq 
e’tibor 
berildi. 
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar hayot obrazlari orqali aks ettiriladi. Uning 
markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda 
borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv 
bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy, 
amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarga badiiy asarni 
o’qitish, uni tahlil qilishni o’rgatish bilan ularning fikrlash doirasi kengayadi, har 
bir jarayonni to’g’ri mulohaza qilishga o’rgatadi. Shu asosda o’quvchi 
dunyoqarashi o’zgaradi. Badiiy asarlarni o’rganishda o’qituvchi va o’quvchi 
o’rtasida hamkorlikda ish olib boriladi. Chunki o’qituvchi bolaning to’g’ri talqin 
qilishiga ko’maklashadi. Badiiy asarlar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida 
tahlil qilinadi.


38 
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakasini 
shakllantirish bir jarayonda boradi.
2. Asarning g’oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, sujet chizig’i, qurilish va 
tasviriy vositalarni tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol 
topishiga, bog’lanishli nutqning o’sishini ta’minlaydi. 
3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok 
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
4. Sinfda o’qish o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof-muhit 
haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi. 
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. Chunki 
o‘quvchi matnni o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan 
hayajonlanadi. Matnni tahlil qilishda o’quvchilarda ijodiy fikr uyg’onadi, ularda 
estetik did tarbiyalanadi. O’qituvchi ta’lim berish jarayonida badiiy asarni 
o’quvchi ongiga yetkazishda ko’plab o’xshatish va tasviriy vositalardan 
foydalanadi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga 
muhabbat hissi badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar g’oyalarini 
chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi. Badiiy 
asarlarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun o’quvchilar 
asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashgan taqdirdagina matnni to’g’ri 
o’qish, qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatlarini tushunish, dalillar va voqealarni 
haqqoniy baholashi mumkin. Bunda o’qituvchi boshlang’ich sinflarga badiiy asarni 
tadbiq etganda ularda tasvirlangan davr haqida o’z ma’lumotlarini aytib o’tishi 
darkor. Har bir badiiy asarlar tahlili o’quvchi yoshiga mos bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Badiiy asar tahlilida qahramonlar nutqi monolog va dialog shaklida bo’lishi 
mumkin. Monolog asar qahramonining suhbatdoshiga, o’ziga ba’zan kitobxon 
tomoshabinlarga qarata aytgan gap so’zi va nutqidir. Diolog esa-badiiy asarda 
ichki personaj orasida bo’lgan bahs-munozara, suhbatdir. 
Monolog: Hamid Olimjon “Muqanna” xalqqa ayting, men also o’lganim 
yo’q. Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q. Men elimning yuragida yashayman, 
Erk deganning tilagida yashayman[2]. Dialog: Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” 
Ulug’bek va Abdulatif dialogi: “Shahzodai juvonbaxt!-dedi sekin. “Taxtimning 
valiahdi sen eding. Ollohning inoyati bilan ko’zim tirigida bu baxt senga nasib 
bo’libdi, men bunga rozimen.-Balli sizga qiblagoh! Men bu taxtni birlamchi haq 
taoloning inoyati, ikkilamchi o’z kuch-qudratim ila qo’lga kiritdim[3]! 


39 
Turli janrdagi har xil badiiy asarlarning qurilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega 
bo’lib, o’quvchilar ongiga ta’siri ham turlicha bo’ladi. Ya’ni har bir janr 
o’quvchilarni turli xil yondashishga chorlaydi. Hikoya - kichik hajmli badiiy asar 
bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari 
umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoyadagi qahramonlar xatti-harakatlari haqida 
bahslar yuritiladi. O’qituvchi bolaga ularning eng go’zal xislatlarini qalblariga 
singdirishlari va o’zlariga kerak bo’lgan xulosalarni shakllantirishlariga yordam 
beradi. Hikoya orqali o’quvchilarning nutqi boyitiladi, o’z mulohazalarini to’liq 
ravishda aytishlariga imkoniyat yaratiladi. Shu bilan ularning lug’at boyliklari ham 
kengaytiriladi. Har bir personaj hayotidagi voqealar rollar asosida o’quvchilarga 
yetkazib borilsa, bu o’quvchida ijodiy yondashish ko’nikmasini hosil qiladi. Asar 
muallifning qisqacha ma’lumoti, ya’ni kampirning tongda ho’kizdan xabar olgani 
bilan boshlanadi. Ana shundan keyin voqealar rivoji ma’lum vaqtgacha muallif 
ishtirokisiz kechadi. O’ziniki bo’lmagan ko’chirma gaplar voqealarni bir-biriga 
bog’lab turuvchi zanjir sifatida ishtirok etadi. Bunda yozuvchi personajlar holatini 
xalqona maqollar, matallar, shuningdek, iboralar yordamida yoritib bergan. Bu esa 
hikoyaning xalqchilligini ifodalaydi[4]. 
Masallarning o’quv jarayonimizdagi ahamiyati esa unda inson xarakteriga xos 
bo’lgan xususiyatlar masalda majoziy obrazlar hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar 
dunyosiga ko’chiriladi. 3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” 
masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib yomon yo’llarga kirib qolgan oqibatda 
ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. 
Ushbu masaldagi asosiy xulosa ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida 
qoldirgan “Bo’linganni bo’ri yer” hikmatida o’z ifodasini topgan[5]. Bundan 
tashqari masal janridagi asarlar boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik, 
yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. 
Badiiy asarning yana bir turi bo’lgan ertak janri ham bolalarni yaxshilik 
qilishga, ezgulik kuchiga, qahramonlar xarakterlari orqali kuchli, botir, qo’rqmas, 
dovyurak bo’lishga yetaklaydi. O’qituvchi ertaklarni o’qitish bilan axloqiy, 
ma’naviy tarbiyalarni o’quvchi ongiga singdirib, shakllantirib boradi. Ertak 
atamasi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarida ham keltirib 
o’tilgan bo’lib, biror voqeani og’zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini anglatadi 
degan qarashlar mavjud[6]. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ko’proq ertak 
o’qishga ishtiyoqi baland bo’ladi. Chunki ular bolalik chog’idan bobo-buvilaridan 


40 
yoshi katta aka-opalaridan ertaklar eshitib, so’z boyliklarini boyitib kelgan 
bo’ladilar. Bu bilan ular o’zlariga kerakli mulohazalarni qabul qilib oladi. 
Maqol janri bilan ham bolalar har bir masal, hikoya, ertaklarni o’rganib 
borishi davomida tanishib chiqadilar. Bu bilan badiiy asarlarning janr turlari bir-
biri bilan uzviy bog’liq va ularning zamirida mehr-oqibat, ezgulik, sadoqat, vafo, 
vatanga muhabbat, o’zlikni anglash kabi go’zal hislar yotadi. O’quvchi maqollarni 
o’rganishda dunyoqarashi shakllanadi, to’g’ri va ongli o’qish malakalari 
takomillashadi, maqoldagi har bir so’zning va yaxlit maqolning ma’nosini to’liq 
idrok etishga erishadi. 4-sinf “O’qish kitobi”da keltirilgan -Mehnat “baxt keltirar”, 
“Mehnat-mehnatning tagi rohat” kabi maqollar bolalarni mehnatsevarlikka, 
boshqalarga yordam berishga undaydi. Har bir maqolda ezgu g’oyalar mujassam 
bo’ladi[7]. 
Umuman, boshlang’ich sinflarda badiiy asarlarni tahlil qilish va idrok 
etishdan maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida 
muayyan bilimlarni berish bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga, ijodiy 
fikrlashga o’rgatadi. Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Buni biz faqatgina badiiy asarlar tahlili asosida ko’rib chiqdik. O’quvchi 
yoshlar olayotgan ta’lim-tarbiyada ham kelajakda komil inson bo’lish, har bir 
jarayon bilan bog’liq ma’naviy ozuqalarni olish, bolada kelajakka intilish, orzu-
havas, mehnatga chanqoqlik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik milliy g’urur, 
matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar namoyon bo’lishi bilan 
ularning ongi va tafakkuri yuksalib boradi. 

Yüklə 49,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin