Mikroiqtisodiyot



Yüklə 304,26 Kb.
səhifə1/10
tarix22.12.2022
ölçüsü304,26 Kb.
#77285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
202-guruh Talab va taklif elastikligi kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”kafedrasi
Iqtisodiyot va Qurilish”fakulteti
Iqtisodiyot”yo’nalishi
2-kurs 202-guruh talabasi
Ja’farov Shavkatbekning
MIKROIQTISODIYOT” fanidan
TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Mavzu:Talab va taklif elastikligi
Tekshirdi:_____________

Andijon-2022-yil


Reja:
1.Kirish
II.Asosiy qism
2.1 Talab tushunchasi va talab qonuni
2.2 Taklif tushunchasi va taklif qonuni
3.3 Talab elastikligi va uni hisoblash
4.4 Taklif elastikligi va uni hisoblash
5.5 Elastiklik turlari hamda foydalanish holatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH

Talab va taklif degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon bor” deya Makkonnell K.R. va Bryu S.L talab va taklifni tadqiq etishni boshlashadi.


Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha - bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Shuning uchun ham talab va taklifga alohida diqqat qaratish zarur.
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Talab va taklifga narxning ta’siri, talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o‘rnatilishi tushunchalari iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblik bu borada asosiy rol o`ynaydi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni bozorsiz, hech bir davlatni bozor iqtisodiyotisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Aynan bozor iqtisodiyotning asosiy jang maydoni hisoblanadi deyish mumkin. O`z navbatida talab va taklifni bu jangdagi qurol-yaroqlarga taqqoslash mumkin. Ya`ni, bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.

Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga aylanadi. Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi.
Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi.

Yüklə 304,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin