Bu erda Q tovar miqdori, P tovar narxi. Elastiklik koeffitsienti tovar narxining bir foizga o’zgarishi talabni necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Elastiklik koeffitsienti E 1 bo’lishi mumkin. Agarda elastiklik koeffitsienti 1 dan katta bo’lsa, talab elas-tik, kichik bo’lsa noelastik, birga teng bo’lsa yagona elastik talab bo’ladi. Masalan, kostyum-shim 50 ming so’mligida 10 dona sotildi. Narxi 35 ming so’mga tushirilgach 20 dona sotilsin. U holda elastiklik koeffitsienti baho effekti
Talabning elastikligini aniqlashda asosiy diqqat qaratish zarur narsa bu umumiy tushum. Chunki elastiklik eng avvalo umumiy tushumni qanday o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida zarur. Umumiy tushum narx bilan talab miqdorining ko’paytmasiga teng. Narx bilan talab miqdorining o’zgarishi natijasida umumiy tushum (daromad) o’zgaradi. Narxni o’zgarishi tufayli har bir sotilgan tovardan olinadigan daromadni o’zgarishi baho effekti deyiladi. Baho effekti narxi o’sishi natijasida umumiy tushumni oshiradi, aksincha narxni arzonlashuvi umumiy daromadni kamayishiga olib keladi. Lekin umumiy tushum sotilgan mahsulotning miqdoriga ham bog’liq. Umumiy tushum hajmini sotilgan mahsulot miqdori evaziga o’zgarishi miqdoriy effekt deb ataladi. Narxni tushishi sotiladigan mahsulot miqdorini, natijada umumiy tushumni ko’paytiradi yoki aksincha mahsulot miqdori o’zgarmay, hattoki kamayib ketishi umumiy tushumni kamayishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, narxning o’zgarishiga xaridorning munosabati turlicha bo’lishi mumkin: 1. Agar narxning pasayishi sotilayotgan tovar miqdorini ko’paytirib, umumiy daromad tushumini avvalgidan ko’payishiga olib kelsa, unday talab elastik talab bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan katta bo’ladi. Aytaylik, A tovarni 600 so’mdan sotganda bir haftada 10 ta tovar sotiladi. Umumiy daromad 6000. Narxini 400 ga tushirsak 20 ta sotilyapti, umumiy tushum 8000. Demak, elastiklik koeffitsienti bir-dan katta. Bunday talab elastik talab deb ataladi (a- rasm). Elastiklik koeffitsienti birdan qanchalik katta bo’lsa, elastiklik shuncha yuqori bo’ladi. 2. Agar narxning pasayishi aniq tarzda sotilgan miqdor tovar miqdorini o’zgarishi bilan o’rni qoplansa, ya’ni effekti umumiy daromad (tushum) o’zgarmasa, bunday talab elastikligi yagona elastik talab deyiladi. Bunda talab elastikligi koeffitsienti 1 ga teng bo’ladi.