Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning
uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z
faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda
amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab
ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar
tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli
guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar
qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis
qarori bilan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan
qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti
muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli
guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: