tugallanadi. Ushbu davr oralig'ida sog'lomlashtirish davri
davom ettiriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-
onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi
o'rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik
kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya
jarayonining qatnashchilari
hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik
kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning
vakolatlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining
ustavida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni qabul
qilishda ota-onalarni o'z ustavi,
kun tartibi, ta'lim-tarbiya
dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar
o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi
hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan
tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo'lish
vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning
huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta'lim
muassasasida bolalarga
ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini
hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda
bo'lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan tuzilgan
shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida
o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim
muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
532
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi
va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik,
bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga
muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tegishli
pedagogik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat
bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat
bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga
qo'yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim
muassasasining pedagoglari
va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish
va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Nodavlat
maktabgacha
ta'lim
muassasasi
rahbari
belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni
va ularni qayta tayyorlashni ta'minlaydi, ularning sha'ni va
qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot
texnologiyalari,
mualliflik dasturlari, metodik qo'llanmalar
va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar
yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining
huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning
ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog
xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta'lim
muassasasini boshqarishda
ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog
xodimlari quyidagilarga majbur:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini
tatbiq etish;
ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
533
rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan
vazifalar doirasida
shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish
orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma-
tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni
mehnatga,
ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini
doimiy
ravishda takomillashtirish
hamda belgilangan
muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: