Ta’lim muassasasini boshqarishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
XXI asr – axborot texnologiyalari asri bo‘lib, kun sayin axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) millionlab odamlarning muomalasi uchun kundalik vosita bo‘lib qolmoqda. 2020 yil dekabr holatiga ko‘ra yer sharidagi 5,053,911,722 kishi, ya’ni sayyoramizning aholisining 64,2%, shu jumladan O‘zbekistonda 17761534 (yoki respublikamiz aholisining 52,3%) Internet foydalanuvchilari AKT vositasi orqali ta’limiy, kasbiy va shaxsiy muloqotda ishtirok etmoqda (www.internetworldstats.com/stats.htm).
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasisida xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari sifatida
“O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish; kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Ta’lim muassasasining zamonaviy rahbari – menejeri axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid zaruriy ko‘nikmalari axborotlarni izlash, saqlash va qayta ishlash hamda ulardan mantiqli va tizimli ravishda foydalanish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tushunish, reallikni virtuallikdan farqlay olish, axborot xavfsizligiga oid tahdidlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ishlarini amalga oshirish kabilardan iborat bo‘ladi.
Rahbarning “AKT savodxonligidan”dan “kasbiy izlanishi”ga o‘tishdagi o‘quv malakalarigacha o‘sish jarayoni rahbarlar faoliyatining quyida keltirilgan turli xil murakkablikdagi bosqichlarini tavsiflashda ham o‘z aksini topishi lozim:
“tushunmoq”, “ko‘rib chiqmoq” (AKTni ta’limdagi ahamiyatini tushunish);
“anglab yetmoq”, “tuzmoq” (o‘quv reja mazmuni mohiyatini anglash va baxolash tizimi);
“foydalanmoq”, “muhokama qilmoq, mulohaza yuritmoq va baholamoq” (AKT asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish);
“namoyish qilish”, “taklif qilmoq”, “o‘zgartirishlar kiritadi”, “yaratmoq”, “ta’minlamok” (o‘quv jarayonini tashkillashtirish va boshqarish);
“izlanmok” (rahbarning va o‘qituvchilarning kasbiy izlanishi).
Bugungi kunda xalq ta’limi sohasida axborot texnologiyalari bilan bog’liq muammolarni quyidagilar orqali yechish mumkin:
ilg‘or, zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llagan holda yuqori malakali rahbarlar va mutaxassislarni litsenziya asosida tayyorlash;
o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid malakalarini doimiy ravishda oshirib borish
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari infrastrukturasini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish;
keng qatlamdagi foydalanuvchilar, o‘quvchilar uchun AKT savodxonligini oshirish, ta’lim berish va o‘qitish orqali inson imkoniyatlarini o‘stirishga yo‘naltirilgan masofadan o‘qitish kurslarini tashkil etish;
Milliy Internet segmentini rivojlantirishda axborot resurslari, shu jumladan UZ domeni zonasida faol ta’limga oid saytlar sonini va ularning sifatini oshirish
O‘zbekistonda kam ta’minlangan va olis hududlarda joylashgan ta’lim muassasalarga AKTni joriy etishga alohidan nazoratga olish.
Yuqoridagi muammolar o’z yechimini topa olsa, komputer texnologiyalarini ta’limning ajralmas qismi sifatida qo’llay boshlaganimiz bilan, o’ylaymanki, O’zbekiston maktablarida ta’lim sifati sezilarli darajada ortadi.