N. M. Kayumova


METODIKA KABINETIISHINING MAZMUNI VA



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

METODIKA KABINETIISHINING MAZMUNI VA
ASOSIY SHAKLLARI
Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga 
ko'ra:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va 
tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini 
nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlar 
ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;
651


«Ilk qadam»
dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli 
amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi 
va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish 
kurslarida 
ma'ruzalar 
o'qishga, 
seminar-mashg'ulotlar 
o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida 
tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari 
faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va 
texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga 
metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari 
va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, 
oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim 
metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalash- 
tirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, 
ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, 
metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash 
borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha 
uslubiy qo'llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan 
bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida 
xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli 
shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, seminar- 
treninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
4. 
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida 
ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona 
tashkil qilinadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin