N. M. Kayumova


Ilmiy-metodik kengashning vazifalari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

649


Ilmiy-metodik kengashning vazifalari:
- Institut, uning kafedralari va bo'limlari rejalari va 
hisobotlarini ko'rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish 
bo'yicha o'quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni 
muhokama qilish;
- Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy 
yo'nalishlarini ta'minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash 
va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va 
muvofiqlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, 
o'quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko'rib chiqish;
- Institut kafedralari va bo'limlarini ochish, ularning 
faoliyatini o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq masalalarni 
ko'rib chiqish;
- Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment 
(ta'limni boshqarish] bo'yicha ilmiy faoliyat olib borish;
- darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy, o'quv-metodik 
adabiyotlarni e'lon qilish masalalarini ko'rib chiqish;
- Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli 
rejalarini tasdiqlash.
MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI XONASI
Respublika 
maktabgacha 
ta'lim 
metodikasi 
xonasi 
O'zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 
huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma 
sifatida barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini 
uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z 
faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi 
tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa 
me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori 
Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- 
tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha
650


ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat 
pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam 
hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va 
tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga 
uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'lim- 
tarbiya ishlarini takomillashtirish, 
«Ilk qadam»
dasturini to'liq 
bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va 
ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, 
maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi- 
metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar 
faoliyatini tahlil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, 
pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar 
fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi 
an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga 
ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- 
uslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin