N. M. Kayumova


Tayanch tushunchalar



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

663


Tayanch tushunchalar:
MTM -Maktabgacha ta'lim bo'limi.
Metodik birlashma 
- maktabgacha ta'lim xodimlarining 
kasb mahorati va malakasini oshirish shakllaridan biri.
Ko'chirma-papka 
-
yig'ma 
papka, 
ota-onalar va 
maktabgacha ta'lim muassasalarida biror-bir mavzu bo'yicha 
jihozlangan ko'rgazmali vositadir.
Tibbiy-pedagogik yig'ilish 
- bu maktabgacha ta'lim 
muassasalarining ilk yosh guruhlari tarbiyalanuvchilari 
sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga bag'ishlanadigan 
kengash.
Ochiq tadbirlar 
- jamoa ishtirokida pedagogik jarayonlarni 
kuzatish.
Nazorat uchun savollar:
1.0'zbekistonda maktabgacha ta'limga metodik rahbarlik 
qaysi tizimda olib boriladi?
2.Markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining 
tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat?
3. Metodik birlashma nima?
4. Seminar va seminar mashg'ulotining asosiy maqsadi 
nimalardan iborat?
5.Aholi o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish 
usul va shakllarini so'zlab bering
Mavzu yuzasidan test topshiriqtari:
1. Maktabgacha ta'limda metodik ishlar bu -
a) Pedagogik kengash, seminar, seminar mashg'ulotlari 
tibbiy-pedagogik kengash, maslahatlar, adabiyotlar tahlili
b) ota-onalar majlisi, umumiy maslahatlar, seminarlar
v) Pedagogik kengash, seminarlar, maslahatlar
g) seminar, seminar mashg'ulotlari
664


2. Pedagogik diagnostika bu -
a] ta'lim-tarbiya jarayonini chuqur tahlil qilish, uning 
samaradorligini to'g'ri baholash, ta'lim darajasini aniqlash
b) ta'lim tizimidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf 
etish
v) bilim sifatini takomillashtirish 
g) ta'limni takomillashtirib borish
3. Metodik birlashmalar kim tomonidan tashkil etiladi? 
a) maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan
bj Maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan 
v] Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 
g) yuqori tashkilotlar tomonidan
4. Metodik ishlarni tashkil etishning asoslarini yoritib 
bering.
a) Metodik kabinetda ishlash, Pedagogik kengash, seminar- 
trening, seminar mashg'ulotlari
b) yakkama-yakka suhbat, Pedagogik kengash, seminar
v) Pedagogik kengash, seminar mashg'ulotlari, seminar- 
trening, tibbiy-pedagogik kengash
g) umumiy 
va 
guruh 
ota-onalar 
kengashi, 
ochiq 
mashg'ulotlar, maslahatlar
5. Metodika uyushmalarinmg asosiy maqsadi qaysi bandda 
to'g'ri yoritilgan?
a] 
Maktabgacha ta'lim 
muassasalarining faoliyatini 
muvofiqlashtirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarini 
tatbiq etish
b} maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari tomonidan 
rahbarlik
v] tuman miqyosida ilg'or pedagogik ish tajribalarini 
samaradorligini oshirish 
g] hamma javoblar to'g'ri

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin