N. M. Kayumova


Metodika uyushmasi hujjatlari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Metodika uyushmasi hujjatlari:
Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat 
yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan 
o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organ- 
laridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.
SEMINAR VA SEMINAR MASHG'ULOTLARI
Maktabgacha ta'lim xodimlarining ishlash malakalarini 
oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir.
660


Seminarlarda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga 
doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari 
belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman 
Maktabgacha ta'lim boshqarmalari (bo'limlari) tomonidan 
belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari, 
mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi.
Ma'ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab 
beriladi, har bir ma'ruzachi belgilangan mavzusi bo'yicha 
o'z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab 
berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash 
mumkin:
mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi;
o'yin faoliyatiga rahbarligi.
Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuv- 
chilarni qo'shiq san'atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo'shiqlarni 
kuylashga o'rgatish kabi mavzularda seminarlar tash kil etilishi 
mumkin. Seminarlarning asosiy maqsadi - alohida metodika 
bo'yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va 
tarbiya bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning 
hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar o'quv mashg'ulotlar rejasi bir yilga mo'ljallangan 
bo'lib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga ishdan 
ajralgan, shahar va tuman seminarian esa har oyda 1-2 marta 
ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim 
muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy 
tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida seminar mashg'ulot- 
lari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan 
birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi 
hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda 
barcha metodist-tarbiyachilarning faol ishtirokida seminar 
mashg'ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
661


Seminar mashg'ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli 
dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlanishi, rejada bir 
xil mavzularning ko'tarilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Aks 
holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining 
pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg'ulot 
sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu 
(masala) amaliyot bilan uzviy bog'liq holda bayon etilishi kerak.
Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin:
yasli va bog'cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xu- 
susiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib 
boradi);
turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish 
usullari;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va 
baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;
tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o'ziga xos 
jihatlari va hokazo.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin