31.
Ijodiy faoliyat-
bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga
solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus
hissiyot holati - ilhomlanish, shuningdek ruhiy kechinmasi,
muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.
32.Ijodiy qobiliyatlar
- bu yangilik yaratish zarurligi va
mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g'oyani
ilgari surish uchun kerak bo'ladigan bilimlarni ishga solish
qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni
hal qilishni izlash va toppish, natijada yangi asl mahsulotlar
yaratish (... kashfiyot), ixtiro, san'at asari, tavsifnoma va h.k.
qobiliyatlaridir.
33. Ijodiy yondashuv
(IY) - bu pedagogikada zamonaviy
yo'nalish bo'lib, u ta'lim oluvchilarning muammolarini hal
qilish qobiliyatlarini rivojlantir ishga qaratilgan faoliyat
bo'lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi
yo'nalishlarini topishga undash jarayonidir. Bunda o'quvchi-
talabaning faoliyatiga demokratik asosda rahbarlik qiladi va
ularning shaxsiy tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlaydi, ular
bilan hamkorlikda ishlaydi.
34. Integratsiya
- o'qitishning maqsad va omillarini bir
butun qilib birlashtirish.
35. Integratsiyalash
- lotincha so'z “integer" - umumiylik,
"integerara" - to'ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta'lim
mazmunidagi uyg'unliklarni ta'minlash muammolari ham
integratsiyalashning shug'ullangan sohasi hisoblanadi. Bu
tishuncha - muhim ilmiy termin bo'lib, u umumlashtirish,
xulosalashda metodologik vosita bo'lib hisoblanadi, chunki
uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi
umumiy uyg'unlik algoritmlari yaratiladi.
36.1ntellekt
- insonning umuman bilish faoliyati, fikrlash
qobiliyati, tushunish, mulohaza, tafakkur, aql ma’nosini
anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |