Xo'sh qonunning o'zi nima?
Qonun deganda
davlat hokimiyatining oliy organi
tomonidan qabul qilingan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga
soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt
tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:
1. Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan
chiqariladi;
2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega;
3. Me’yoriy-huquqiy xarakterga ega;
4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
5. Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.
6. Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi.
Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tofg'risida"gi qo
nunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga
bag'ishlanib, unda jinsi, till, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi,
dinga munosabati, ijtimoiy kelib
chikishi, xizmat turi, ijtimoiy
mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt
yashayotganligidan qat'iy nazar har kimga bilim olishda
teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari
O'zbekiston Respublikasida xalqaro
shartnomalarga muvofiq
bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston
fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng
asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy
qobiliyatni
namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi,
kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta'minlash, uzluksiz
ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni
shakllantirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish
nafaqat oila va Maktabgacha ta'lim
muassasalarida beribgina
qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar,
kattalar, qolaversa, butun jamiyat a'zolari qatnashishi lozimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish
shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:
272
1. Huquqiy bilim;
2. Huquqiy ma'naviyat;
3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;
4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan
tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan
maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni
ko'zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: