chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini,
uslubiy
adabiyotlarni o'rganish o'z ifodasini topadi.
Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan
bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli
mavzularni,
balki
tegishli
ilmiy-uslubiy
adabiyotlarga
tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga
ham alohida e’tibor beriladi.
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z
ustida
ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja
asosida olib borish yo'1-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda
tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur
shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar
shaxslar aniq belgilanishi va
ularning bajarilishi mudira
tomonidan nazorat etib borilishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan
ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha
ta'lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan
kuzatiladi, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar o'z
vaqtida hal
etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari
ochiq eshiklar kunini o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'radi.
Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan ota-
onalar uchun tashkil qilinadi,
bunda guruh tarbiyachisi
va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni
hal etmog'i lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota-
onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar
burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Muassasa
mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va
ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada
bolalar tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning
jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida
muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta
yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga
oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: