Maktabgacha pedagogika fani bo'yicha izohli lug'at
1.
Yondashuv
- bu pedagogik faoliyatning o'ziga bog'liq
bo'lgan g'oyalar, tushunchalar va usullar majmuyini qo'llashga
undaydigan metodologik yo'naltirish.
2. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv
- pedagogning
butun diqqat-e'tiborini bola shaxsining yaxlitligiga qaratilishi,
uning
nafaqat aql-zakovati, fuqarolik mas'uliyati hissi, balki
emotsional, estetik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
g'amxo'rlik qilishga yo'naltirilgan yondashuv.
3. Individual yondashuv
- ta'lim beruvchining guruhdagi
har bir faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini
e'tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha
material va jihozlar, umuman o'qitish muhiti har bir bolaning
rivojlanishiga xizmat qilishini hamda mo'ljallanayotgan
faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e’tiborga olishini
bildiradi.
4. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti
-
bola rivojlanishi-
ni ta'minlaydigan shart-sharoitlar (o'yinlar, o'yin predmetlari
va jihozlari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar,
bolalarning turli
faoliyat turlari bilan shug'ullanish uchun mo'ljallangan
uskunalar) o'zaro bog'liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi
ko'rsatkichlar.
5. Inklyuziv ta'lim
- har bir bolaning,
shu jumladan,
alohida talab-ehtiyojga ega bo'lgan bolalarning ta'lim olish
imkoniyatiga ega ekanini ko'zda tutuvchi ta'lim turi.
6. Model
(lotincha - me'yor, namuna) - hodisa yoki
jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi.
7. Sifatli pedagogika
- bolalarni o'yin shaklida qiziqarli
va zavqlantiruvchi tarzda o'qitish, bolalarning sog'lig'ini (ham
ruhiy, ham jismoniy) ta’minlash imkoniyatini yaratadigan,
ularni maktabga muvaffaqiyatli
kirishga yordam beradigan
o'qishga qiziqish va xohish uyg'otadigan dasturlar bo'yicha
o'qitish, ota-onalarning ijobiy bahosi, o'qitishda ijtimoiy
666
natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning
individual
rivojlanishi.
Dostları ilə paylaş: