Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:
1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;
2.
Kuzatish metodi;
3. Suhbat metodi;
4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;
5. MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi;
6. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;
7. Test sinovlar metodi metodi;
8. Statistika ma'lumotlarni tahlil qilish metodi;
9. Matematika va
kibernetik metodi;
10. Sotsiologik tadqiqot metodi,
O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy
bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan
ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'Idir, degan edi pro
fessor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan
talablarni qo'yadi:
1. O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan
yo'li fikrlashning dialektik-materialistik
usuli mustaqil qa-
rashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib
borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi
yaviy tusda bo'lishi lozim.
2. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi
zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday ma
salalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masa
lalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.
3. O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li
o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini
o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyat-
lariga muvofiq bo'lishi lozim.
5. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy
talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e'tibor.
7. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning
muvofiqligi.
29
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tuti
ladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri
shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga
oshi-
rishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning
xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida
o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dun-
yoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri-
shadiiar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga
asoslanib tahlil qilish pedagogika va
didaktikada yagona usul
hisoblangan.
Yan
Amos
Komenskiyning
"Buyuk
didaktika",
K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida
masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun
muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga
asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
Dostları ilə paylaş: