12-Mavzu. Loyixalarni mazmuni va maqsadi.
12.1.Loyixalarning mazmuni va maqsadi. Loyiha tushunchasi va uning moxiyati.
12.2.Loyixalar turlari. Loyixalarni moliyalashtiruvchi institutlar.
Loyixalarning
asosiy xususiyatlari. Loyixa va loyixa davri tushunchalari. Investitsiyaviy loyixalar
turlari. Loyixalarning asosiy yo’nalishlari.
12.3.Investitsiyaviy loyixalarning xayotiy turkumi (davri). Investitsiya loyihalari
xujjatlarini tayyorlash bosqichlari. Investitsiyalashning imkoniyatlarini qidirishni
tashkil etish. Loyixalarni birlamchi tayyorlash masalalari.
12.1.Loyiha tushunchasi va uning mohiyati
Loyiha bu aniq bir maqsadga erishish uchun kelishilgan muayyan faoliyatlar tizimidir. Buni
osonroq tushunish uchun, keling loyihaning boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadigan
jihatlarini ko'rib chiqamiz:
Demak, loyiha bu biror o'ziga xos mahsulot, xizmat yoki natijaga erishish uchun amalga
oshiriladigan vaqtinchalik harakatlar majmuasi. U ma’lum bir belgilangan jadval,
narx va ijro
parametrlari doirasida maxsus maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.
Loyihaning vaqtinchalik bo'lgani loyiha natijasida yaratiladigan mahsulot yoki natijaga
ta’sir etmaydi. Aksincha, bunday mahsulot va natijalar uzoq yillar davomida xizmat qilish uchun
yaratiladi. Masalan, bino qurish loyihasining natijasida qurilgan bino ko'p yillar davomida turadi.
Loyihaga misollar quyidagilar bo'lishi mumkin:
Yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish;
Tashkilotning ichida o'zgarishlarni kiritish; masalan tashkilotning
ichki tuzilmasini
o'zgartirish;
Qurilish loyihalari;
Yangi biznes jarayonini kiritish va hokazo.
Loyihalar har bir sohaga taaluqlidir. Ijtimoiy sohada biror muayyan muammoga yechim
topish maqsadida turli loyihalar amalga oshiriladi. Ko'pincha bunday loyihalar "pilot" yoki
"tajriba loyihalari" deb ataladi. Bunga sabab, muammoga yechim bo'ladigan
yangi xizmat turi
yoki natijaga erishish yo'li muayyan bir hududda tajribada sinab ko'riladi. Bunga misol tuman
aholisini gigiena bo'yicha bilimlarini oshirish. Deylik bunday xizmat hozircha tumanda yo'q,
lekin gigiena va tozalikka rioya qilmaslik ko'plab kasalliklarni qo'zg'atmoqda. Shu muammoni
hal qilish uchun tumandagi nodavlat tashkiloti aholi orasida ma’lumot tarqatish va targ'ibot
ishlarini olib borish loyihasini yaratib yangi xizmat turini sinab ko'radi. Loyiha natijasi qoniqarli
bo'lsa, uni butun viloyat bo'ylab doimiy ravishda amalga oshirsa bo'ladi.
Shu borada, har bir loyihani tuzganda, loyiha barqarorligini oldindan o'ylash
va uni
tadbirlarga singitib borish juda muhim. Loyiha tugagach unga nima bo'ladi? Kim bu ishni davom
ettiradi? Unga qayerdan moliya keladi? shu kabi savollar ustida bosh qotirish kerak va loyiha
tugagach uning o'rnida bo'shliq paydo bo'lib qolmaslikka intilish kerak.
Agar loyiha yangi mahsulot yaratish bilan bog'liq bo'lsa, yangi mahsulot turi korxonaning
doimiy mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi.
Loyiha o'z vaqtida, unga ajratilgan byudjet chegarasidan chiqmagan holda va shu bilan
birga rejalashtirilgan natijaga erishish uchun mohirlik bilan boshqarilishi kerak.
Loyihani
samarali amalga oshirishda bilim, malaka va uslublarni mohirlik bilan qo'llash loyihani
boshqarish deb ataladi.
Har bir loyihaning o'z umri bo'ladi. Turli adabiyotlarda bunday davrlar turlicha ataladi,
lekin umuman olganda har bir loyihaning umri 4 bosqichga bo'linadi. Ular:
Boshlanish;
Rejalashtirish;
Ijro etish;
Yakunlash.
Yana bir muhim bosqich bu Monitoring va nazorat qilish boshqichi bo'lib, lekin u har bir
yuqoridagi boshqichlarda ro'y beradi; shuning uchun uni
doim ham alohida boshqichga
ajratmaydilar.
Boshi ------------------------------------------------------------------------------------------------> Yakuni
Boshlanish davrida loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek ma’suliyatlar aniqlanadi.
Loyiha nizomi, uning umumiy qiymati va mandaatdor tomonlar aniqlanadi.
Rejalashtirish davrida, loyihaning batafsil ish rejasi, moliyaviy rejasi, tadbirlar jadvali va boshqa
tafsilotlari ishlab chiqiladi. Loyiha jamoasi tuziladi.
Ijro etish davri eng uzun davr bo'lib, barcha tadbirlar shu davrda amalga oshiriladi.
Tugatish davriga kelganda barcha tadbirlar tugab bo'ladi, shartnomalar berkitiladi va
hujjatlashtirish ishlari ro'y beradi. Loyiha natijalari baholanadi. Loyiha natijasiga ko'ra keyingi
boqichga tavsiyalar beriladi. Agar yangi mahsulot yaratilgan bo'lsa,
uni doimiy ishlab
chiqarishga o'tkaziladi va loyiha rasmiy ravishda berkitiladi.