b) O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va
"Davarxitektqurilish" qo’mitasining quyidagilar bo’yicha xulosasi taqdim etilgan
vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA bo’yicha - iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab chiqarish
kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta o’zgartirishlarni,
tarmoqlararo
kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro’yobga chiqarishni,
ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xom ashyo va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bozori kon’yunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan
loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash
yuzasidan;
DTIH bo’yicha - ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning
alohida tarmoqlarini va
"boshqa tarmoqlar"ni rivojlantirish bo’yicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini ishlab
turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga
olgan holda baholash yuzasidan;
v) O’zbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) hamda "Davarxitektqurilish" qo’mitasining tavsiya
etilayotgan marketing kontseptsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari asosida jahon
bozori kon’yunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-
uskunalarning narxlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan loyihani amalga
oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki
hafta muddatda ko’rib chiqiladi.
Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (texnologik liniya),
shu jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining to’liq va mufassal tavsifini
taqdim etish mumkin bo’lmagan taqdirda asbob-uskunalarning narxlarining cheklangan
parametrlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan
TIA(TIH)ni ekpertizadan o’tkazish jarayonida baholanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi o’z vakolatlari
doirasida tashabbuskorga investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqishda
prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi bozorlar marketingini
ishlab chiqishni tashkil etishda ko’maklashadilar.
g) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va
"Davarxitektqurilish" qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar bo’yicha xulosalari taqdim etilgan
vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA
bo’yicha
-
loyihaning
moliya-iqtisodiy
samaradorligini
va
qoplanuvchanligini
baholash,
loyihaning
maqbul
parametrlariga
erishishni
ta’minlaydigan
moliyalashtirishga
ehtiyojni
aniqlash,
shuningdek
loyihani
moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan;
DTIH bo’yicha - loyihani amalga oshirishning mumkin bo’lgan variantini tanlash,
moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan
sxemasining maqbulligi, loyihaning maqbul
parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash
yuzasidan;
d) xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan - DTIA (DTIH) va "Davarxitektqurilish"
qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligining loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha tashabbuskorlarining kredit
tarixini o’rganish, pul oqimlari tahlili, tavakkalchiliklarni baholash va loyihaning
maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash
yuzasidan xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda.
Moliyalashtirishni byudjet mablag’lari hisobiga (boshqa manbalardan foydalanmasdan)
amalga oshirish nazarda tutilayotgan ob’ektlar bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi
bankning
ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan
ob’ektlar, jalb etilayotgan kreditlarni to’lash uchun mablag’lar taqchilligini byudjet
mablag’lari hisobiga uzishni nazarda tutadigan DTIA (DTIH) bo’yicha xulosalarida
nazarda tutilayotgan byudjet mablag’larining maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi)
hamda hajmlari, shu jumladan soliq imtiyozlari berish to’g’risidagi xulosalar mavjud
bo’lishi kerak.
Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris
bo’lgan tashkilot tomonidan beriladi.
DTIA (DTIH)ni tasdiqlash to’g’risidagi hujjat loyihaning nomi, uning
tashabbuskori, qurilishning cheklangan qiymati (shu
jumladan, import texnologik va
boshqa asbob-uskunalarni sotib olish xarajatlari), ob’ektning hisoblab chiqilgan
quvvatini (ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi va nomenklaturasini),
shuningdek iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini, shu jumladan eksport hajmi
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan, xarajatlar
turlari bo’yicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida loyiha tashabbuskori
tomonidan, belgilangan tartibda:
a) moliyalashtirish manbalari
belgilanadi va kelishiladi;
b) pudratchilarni va loyiha bo’yicha xarid qilinadigan texnologik - asbob-
uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash uchun tanlov hujjatlari ishlab chiqiladi.
Xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari (XMII) - davlatlararo bitimlar asosida
tashkil etilgan, O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi
(hamkorlikda moliyalashtiruvchi) institutlardir.
Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) - O’zbekiston Respublikasida
investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi (hamkorlikda moliyalashtiruvchi) xorijiy
hukumat moliya tashkilotlaridir.
XMII va XHMT qarz mablag’lari jalb etilgan holda ro’yobga chiqariladigan
loyihalarni ko’rib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskorlari "Davarxitektqurilish" qo’mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligiga XMII(XHMT)ning baholashdan oldingi missiyalari hisobotlari
asosida
tayyorlangan, loyiha qiymatining dastlabki bahosini va jalb etiladigan qarz
mablag’lari miqdorini o’z ichiga oluvchi loyihani amalga oshirish zarurligi to’g’risida
takliflar kiritadilar.
XMII(XHMT)ning
loyihani
moliyalashtirish/hamkorlikda
moliyalashtirish
yuzasidan roziligi olingan taqdirda ularning baholash komissiyalari hisobotlari asosida
O’zbekiston Respublikasi bilan XMII(XHMT) o’rtasida o’zaro anglashuv to’g’risidagi
memorandum belgilangan tartibda imzolanadi. Ikkinchi bosqichda loyiha tashabbuskori
XMII(XHMT)ning baholash missiyasi hisoboti asosida TIAni ishlab chiqadi va ayni bir
vaqtda ko’rib chiqish uchun vakolatli ekspertiza organlariga taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari
hisobiga
moliyalashtirishga(hamkorlikda
moliyalashtirishga)tavsiya
etilayotgan
investitsiya loyihasining DTIA(DTIH) va TIA(TIH) ushbu bo’limda bayon qilingan
talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi (3.3.1-chizma).
Loyihaoldi hujjatlari - qabul qilingan parametrlarga ko’ra loyihani amalga
oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini
asoslab beruvchi hujjatlar yig’indisi hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: