Namangan Davlat universiteti talabalarining malakaviy amaliyotini o’tkazish to’g’risida
S H A R T N O M A
Namangan shahri “______”___________20___y
Ustav asosida ish yurituvchi Namangan davlat universiteti rektori S.Turg`unov bir tomondan va muassassa direktori ______________________________ikkinchi tomondan quyidagi to’g’risida o’zaro kelishiladi.
I.SHARTNOMA MAZMUNI
1.1 Bakalavr talabalarining bitiruv oldi amaliyotini o’tkazish;
1.2 Amaliyotni jadval asosida o’tish davri ____yil___________dan ______yil __________gacha
1.3 Amaliyotga qatnashadigan talabalar ro’yxati ilova qilinadi.
II. UNIVERSITETNING MAJBURIYATI
2.1 Malakaviy amaliyot boshlanishidan bir oy avval amaliyotga boradigan talabalar soni, yo’nalishi (ixtisosligi), amaliyot o’tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot rahbariyatiga ma’lumot berish;
2.2 Talabalarning amaliyotga borgan tashkilotning ichki tartib-qoidalari qat’iy rioya qilishi va amaliyot davrida o’tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishini ta’minlash;
2.3 Amaliyotga ishtirok etgan tashkilot o’qituvchilariga soatbay asosida xaq to’lash;
III.AMALIYOT O’TKAZILADIGAN TASHKILOTNING MAJBURIYATLARI
3.1 O’quv rejaga muvofiq_______________________________________________________ fakultet talabalari malakaviy amaliyotini samarali o’tkazilishiga imkoniyat yaratish;
3.2 Talabalarni amaliyot dasturlari hamda darsliklar bilan tanishtirish;
3.3 Talabalarni malakali mutaxassislarga biriktirish;
3.4 Talabalarga o’quv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar bilan tanishtirish o’z tajribalarini talabalarga o’rgatishni tashkil etish;
3.5 Malakaviy amaliyotni yakunlash bilan har bir talabaga tavsifnoma berish majburiyatini oladi.
IV.SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishii mumkin:
4.1 O’quv yurtining nizomiga muvofiq ko’zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;
4.2 Shartnoma har qanday o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish faqat yozma ravishda ikki tomon vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
4.3 Shartnoma har ikki tomonning imzosi qo’yilgan kundan boshlab kuchga kiradi;
4.4 O’z majburiyatlarini tomonlar bajarmagan holda yoki o’z vaqtida bajarmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar, tomonlarning kelishmovchilik va muammolari qonunchilikda o’rnatilgan tartibda hal etiladi;
V. SHARTNOMA MUDDATI
5.1 Shartnomaning amal qilish muddati 20____yil _________dan 20__yil _________gacha
TOMONLARNING YURIDIK MANZILI
Universitet manzili:
Namangan shahar Uychi ko’chasi 316 uy
|
_______________________________________
|
Namangan Davlat universiteti
|
_______________________________________
|
tel. (8 369) 226 55 01 Universitet rektori
|
Tel ____________________________________
|
S.Turg`unov _______________
imzo, muhr
|
Tashkilot raxbari_________________________
imzo, muhr
|
Dostları ilə paylaş: |