12.2.Loyixalar turlari. Loyixalarni moliyalashtiruvchi institutlar. Loyixalarning asosiy xususiyatlari. Loyixa va loyixa davri tushunchalari. Investitsiyaviy loyixalar turlari. Loyixalarning asosiy yo’nalishlari. Deyarli barcha faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bo’lgan sobiq
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat
(byudjet) mablag’laridan tashkil topar edi. Garchi o’sha sharoitlarda ham jamg’arma
fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) hisobiga amalga
oshirilgan bo’lsada, korxonalarning mablag’larni qaerdan olish va qaerga joylashtirish
to’g’risida “boshi” og’rimas edi. Qo’shimcha manba sifatida korxonalarning
amortizatsiya fondi xizmat qilardi.
Mazkur tushunchalar (jamg’arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) hozirgi kunda
ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan bo’lib, investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.
Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai quyidagilar: foyda,
amortizatsiya fondi va byudjet mablag’lari, qo’shma korxonalar uchun - foyda,
amortizatsiya fondi va kredit resurslari.
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini
aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi.
Investitsiyalarning
ichki manabalari quyidagilar:
ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida
shakllanuvchi, korxonaning o’z moliyaviy vositalari;
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug’urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa
hodisalarda to’lanuvchi mablag’lar;
korxonaning aktsiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag’lar;
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida
ajratiluvchi mablag’lar;
xayriya va shu kabi boshqa mablag’lar.
Investitsiyalarning