Milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar
Jamg‘arma va iste’mol ortasidagi nomutanosibliklar
Talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar
Davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar
Muomaladagi pul massasi va iqtisodiyotning pulga bo‘lgan extiyoji orasidagi nomutanosibliklar
Inflyasiya kelib chiqishi sabablariga ko‘ra:
-talab va taklif inflyasiyasiga;
-qanday borishi jihatidan erkin bozor inflyasiyasi va davlat bostirib turadigan inflyasiyaga;
-shiddati jihatidan o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va tez yuguruvchi–giperinflyasiyaga ajratiladi.
7.3.4-rasm. Inflyasiyaga ta’sir etuvchi omillar Inflyasiya darajasini narxlarning zo‘r berib o‘sishi belgilaydi. Inflyasiya me’yorida bo‘lganda (yiliga 10 foizgacha) bu iqtisodiyot uchun xavf tug‘dirmaydi, aksincha, pul in’eksiya orqali iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’yoridagi inflyasiyaga moslashadilar. Davlatning moslashuv tadbirlari inflyasiyani hisobga olib foizini o‘zgartirishdan, daromadlar indeksatsiyasini o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Inflyasiya belgilangan me’yoridan chiqib ketganda, davlat inflyasiyaga qarshi tadbirlarni qo‘llaydi. CHunki inflyasiya firmalar va fuqarolardagi mavjud pul qadrining pasayishidan turli xil yo‘qotishlarga olib keladi. Giperinflyasiya iqtisodiy tanglikni hosil etadi.
Iqtisodiyotda ortiqcha pul hosil bo‘lganda, pul massasi qisqartiriladi. Narxlar pul miqdoriga bog‘liq bo‘lar ekan, uning qisqarishi talabni kamaytirib, narxlarning o‘sishini sekinlashtiradi. Davlatning aksilinflyasiya siyosatining muhim yo‘nalishidan biri bu iqtisodiyotning real sektorini rag‘batlantirishdan iborat. CHunki iqtisodiyotning real sektori xilma-xil mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘lganidan u iqtisodiyotning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Real sektorda yaratilgan barcha ne’matlar ayirboshlanadi, taqsimlanadi va iste’mol qilinadi.
Inflyasiyaga qarshi kurashda yo‘qotishlar va natijalarning nisbati: ba’zi bir empirik ma’lumotlarga ko‘ra inflyasiyani 2%ga pasaytirish uchun bir yillik YAMMning 5% dan voz kechish kerak, inflyasiyaning 1% ga kamayishi davriy ishsizliknining 2,5% ga oshishini talab qiladi. Bu bilan aholi daromadi ortganda iqtisodiyotda to‘la bandlik ta’minlanadi. Ishsizlik darajasi ma’lum darajaga kamayadi, lekin inflyasiya darajasi ortadi. CHunki bular, ya’ni ishsizlik bilan inflyasiya darajasi bir biriga teskari proporsionaldir. Bu bilan aholi bandligi ortsa, uning daromadi, ya’ni YAIMda aholi daromadlari ortadi. Bu orqali iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari ham ortadi.