N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Inflyasiya turlari. Kelib chiqish sabablariga qarab



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə47/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Inflyasiya turlari. Kelib chiqish sabablariga qarab:

Talab inflyasiyasi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la kondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o‘sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko‘p pul massasi to‘g‘ri keladi.

Taklif inflyasiyasi, bunda baholarning o‘sishiga sabab sifatida garchi resurslardan to‘laligicha foydalanilmagan bo‘lsadaishlab chiqarish xarajatlarini oshishini keltirish mumkin

Xarajatlar inflyasiyasi, bunda ishlab, chiqarish omillari bahosi oshganda ishlab chiqarish xarajatlari ham oshadi va natijada ishlab chiqarishlgan mahsulot narxi ham oshadi

Import inflyasiyasi, bunda tashqi omillar ta’sir qilib, mamlakatga chet el valyutasining haddan tashqari oqib kelishi va import tovarlarining bahosi oshishi tufayli yuzaga keladi

Kredit inflyasiyasi, ortiqcha kredit ekspansiyasi tufayli yuzaga keladi

Ko‘rinishi jihatidan:

Ochiq inflyasiya, ya’ni tovar va xizmatlarning erkin bozordagi inflyasiyasi;

YAshirinchi (bosilgan) inflyasiya, bunda davlatning baholarni bir darajada majburiy ushlab turishida paydo bo‘ladi. Tovar defitsiti bo‘lganda tovarlar «qora bozor»ga o‘tib, u erda ularning baholari doimiy ravishda o‘sib boradi.

Ko‘lamiga ko‘ra: Mahalliy inflyasiya, ayrim mamlakatlarda yuz beradigan inflyasiya;

Ish haqi o‘sishi bilan kelib chiqadigan inflyasiya. Ish haqi o‘sishi bilan kelib chiqadigan inflyasiya iqtisodiet uchun eng xavfli inflyasiya turidir. Kasaba uyushmalarning talablariga ko‘ra eki davlat tomonidan minimal ish haqining oshirilishi natijasida ish haqining umumiy darajasi oshadi.

7.3.2-rasm. Ish haqi o‘sishi bilan kelib chiqadigan inflyasiya10.
Bu esa jami talabni oshiradi va AD egri chizig‘ini o‘ngga AD1 gacha suradi. Ish haqining oshishi o‘z navbatda ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha xarajat bo‘lib, jami taklifni qisqartiradi va AS egri chizig‘ini chapga AS1gacha suradi. Natijada ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasada, narxlar oshadi. Bu esa ish haqining nominal o‘sishini yo‘qqa chiqaradi. Agar kasaba uyushmalari qo‘shimcha ish haqining oshirishini talab qilishsa, bu inflyasiyaning yana bir chirmalishiga va narxlarning o‘sishiga olib keladi. Bu jarayon cheksiz davom ettirilishi mumkin. Bu inflyasion spiraldir.
SHuningdek, bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyasiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyasiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyasiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyasiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy axvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin