8.1-Rasm. Ishlab chiqarish va boshqarish jarayonining dinamik sxemasi Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish o‘z ichiga to‘liq iqtisodiyot taraqqiyotini o‘z qamroviga olgan holda, uning tarmoqlari, hududlari, ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti, axoli va turmush darajasi, resurslari va iste’moli, tashqi-iqtisodiy kon’ukturasi hamda ekologiyasi va shu kabi qismlarini ham o‘z ichiga oladi. SHunga o‘xshash prognozlashtirish klassifikatsiyalari to‘g‘risida keyinchalik batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Hozircha esa, ishlab chiqarishni boshqarish tizimida prognozlashtirishning funksional xususiyatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tsak. 1-rasmda ishlab chiqarish va boshqarish jarayonini amalga oshirishda maqsad va resurslar o‘rtasidagi taqqoslash hisobga olingan funksional sxema keltirib o‘tilgan
Izohlanayotgan jarayonda 1-bosqich bo‘lib prognozlashtirish hisoblanadi. Prognoz – maqsadli dasturlar orqali jamiyatning ehtiyojlarini qondirish, uni kengaytirish va xalq xo‘jaligining resurslar bazasidan foydalanishga tayanib, iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llarini ochib beradi. Prognozlashtirish funksiyasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik jarayonlar va tendensiyalardan tashkil topgan ilmiy analiz; muammolarni, vaziyatlarni, kekelajakdai rivojlanish tendensiyalarini ehtimolli va ko‘p variantli bashorat qilish; ushbu jarayonlarga faol ta’sir etuvchi imkoniyat va natijalar bahosi va tanlovi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning samarali va ratsional variantlari haqidagi prognoz axborotlari maqsadli-dasturiy metodlarga tayanuvchi kompleks dasturlar ishlab chiqarilishi asosiga quriladi. Prognozlar kabi dasturlar ham aniq maqsadlar va resurslarni solishtirishni hisobga olish orqali, ularni so‘nggi ishlab chiqarish komplekslariga etib borishigacha bo‘lgan asosli rejalar ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Keltirilgan sxema mustaqil mazmunni anglatmaydigan, reja oldi materiali singari prognoz haqida mulohaza yuritishga olib kelishi mumkin. Bejiz bizning barcha iqtisodiy adabiyotlarimizda oltmishinchi yillargacha “prognozlashtirish” atamasidan, uni planlashtirishdan ajratmaslik maqsadida, yiroq bo‘lishgan. Albatta, prognozlashtirish – iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida butun boshli rejali boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga aylangan, ammo uning o‘ziga xos xususiyati, o‘z metodlari va to‘liq mustaqil mazmuni ham mavjud. Prognoz hamda reja o‘rtasidagi muhim farqlarni ko‘rib chiqishning o‘zi kifoya.