N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§10.2.2. Tarmoqlararo balansning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə77/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§10.2.2. Tarmoqlararo balansning tarkibiy tuzilishi
TAB to‘rtta qism - kvadrantlardan iboratdir.


1 kvadrant shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi akslanadi. 1-qism ma’lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil qilishda, tarmoqlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bog‘lanishlari va proporsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

2 kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining so‘nggi mahsuloti ko‘rinadi. So‘nggi mahsulot deb, ishlab chiqarishdan tashqaridagi iste’mol va jamg‘armadagi mahsulotlar yig‘indisiga aytiladi. So‘nggi mahsulot tarkibiga kiruvchi ijtimoiy iste’mol ta’lim tarbiya, o‘quv, fan, sog‘liqni saqlash, mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi iste’moldan tarkib topadi. SHunday qilib, 2-kvadrantdagi ma’lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo‘yicha moddiy tuzilishi, uning jamg‘arma va iste’mol fondlariga taqsimlanishini harakterlaydi.

3 kvadrant ko‘rsatkichlari ham milliy daromadni harakterlaydi, faqat bunda uning qiymati tarkibi ya’ni barcha tarmoqlarda mehnatga to‘langan haq va sof daromad yig‘indisi sifatida qaraladi. 3-kvadrant ma’lumotlari moddiy ishlab chiqarishda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot orasidagi hamda yangidan yaratilgan va ko‘chirilgan qiymatlar nisbatini tahlil qilish uchun zarurdir.
2 va 3 kvadrantlarning umumiy yig‘indisi o‘zaro tengdir. Barcha tarmoqlar bo‘yicha (1) tenglamani jamlab quyidagini hosil qilamiz:

(10.2.3)


(2) tenglamani i bo‘yicha jamlasak

(10.2.4)


  1. va (4) tengliklarning chap qismida bir xil kattalik - yalpi ijtimoiy mahsulot X hosil bo‘ladi. Tengliklarning o‘ng qismidagi 1- qo‘shiluvchilar ham bir xil, ya’ni 1-kvadrantning jamiga tengdir. Demak, tengliklarning qolgan qismlari ham tengdir:


(10.2.5)


(5) tenglikning chap qismida 3-kvadrantning jamlanmasi, o‘ng qismida esa 2-kvadrant jamlanmasi hosil buldi, ya’ni milliy daromadning moddiy-mahsulot va qiymat tarkiblari bir xil bo‘lishi ko‘rindi.


4 kvadrant TAB ning so‘nggi mahsulotlar ustuni va daromadlar satrining kesishgan joyida bo‘lib, bu erda milliy daromadning so‘nggi taqsimlanishi va foydalanishi o‘z aksini topadi. Dastlab yaratilgan milliy daromadning qayta taqsimlanishi oqibatida aholining korxonalarning va davlatning so‘nggi daromadlari yuzaga keladi. 4-qism ma’lumotlari tarmoqlararo modellarda aholining daromad va chiqimlarini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin