N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§10.2.4 Tarmoqlararo balansda mehnat va fond xarajatlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə79/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§10.2.4 Tarmoqlararo balansda mehnat va fond xarajatlari
TAB asosiy modelining shaklini o‘zgartirish yordamida yana bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, jumladan, bevosita va to‘la mehnat xarajatlari koeffitsientlarini ham aniqlash mumkin. Bu holatda tabiiy (natural) o‘lchovdagi mahsulotlararo balansga asoslanamiz. Balans satrlarida har bir mahsulotning boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga va so‘nggi iste’molga taqsimlanishi hamda hamma turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga jonli mehnat sarflanish taqsimoti ko‘rinadi (mehnat sarflari bir xil murakkablikda deb olinadi).
j - j-mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnat xarajatlari;

Xj - j-mahsulotni ishlab chiqarish hajmi bo‘lsin.
U holda - j-mahsulotning 1 donasini ishlab chiqarishdagi bevosita mehnat xarajatlarini ko‘rsatadi. To‘la mehnat xarajatlari tushunchasi bevosita jonli mehnat xarajatlari bilan moddiylashgan mehnat xarajatlari yig‘indisi sifatida qaraladi va quyidagicha hosil bo‘ladi:

Bu shaklda har bir j- mahsulot uchun:




Tj - j-birlik mahsulotga sarflangan to‘la mehnat xarajatlari koeffitsienti;

tj - birlik mahsulotga sarflangan bevosita jonli mehnat xarajatlari koeffitsienti;

aijTi - i-ishlab chiqarish vositasi yordamida j-mahsulotga ko‘chirilgan moddiylashgan mehnat xarajatlari.

. (10.2.13)


Bu tenglamadan zarur almashtirishlar yordamida quyidagi tenglamani olish mumkin:

, (10.2.14)


bu erda bij - to‘la xarajatlar koeffitsientlaridir. Demak, har qanday j-mahsulot uchun to‘la mehnat xarajatlari kattaligi barcha xildagi mahsulotlar turlariga sarflangan bevosita mehnat xarajatlarining solishtirma yig‘indisi sifatida aniqlanishi mumkin.
To‘la mehnat xarajatlari ko‘rsatkichlari har bir mahsulot turi bo‘yicha 1 dona mahsulotga sarflangan haqiqiy ijtimoiy mehnat xarajatlarini akslantiradi.
Hozirgi kunda murakkab bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat olib boruvchi sub’ektlarning samarali xatti-harakatlari ularning bozor konyu’nkturasini yaxshi tahlil qila olishlari va kerakli qaror qabul qilishlariga bog‘liqdir. Buning uchun ular o‘zlarining turli sharoitlarini har tomonlama iqtisodiy tahlil qila olishlari kerak. Bularga mavjud mablag‘lardan qanday mahsulotlardan qancha ishlab chiqarish, qaerda va kimga qanday baholarda sotish kerakligini aniqlaydi.
Buning uchun ularga modellar va modellashtirish, ularning turlari, asosiy bosqichlari, ma’lumotlar bilan tuzilgan modellarni to‘ldirish yo‘llari o‘rgatilish bilan modellashtirish natijalarida qo‘lga kiritilgan ikkilamchi ma’lumotlardan bozor iqtisodiyoti sharoitida turli qarorlar qabul qilishda amalda foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Aniq iqtisodiy ob’ektlar misolida modellashtirishni, ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va ularning ta’sir kuchini baholash, samalaning modelini tuzish va kompyuterda turli xildagi variantlar ustida iqtisodiy-matematik izlanishlar olib borish va olingan natijalarni ham iqtisodiy, ham matematik tomondan to‘g‘ri talqin qila bilishni o‘rgatishdir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin